Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qo‘pollik qilgan bog‘cha tarbiyachisiga chora ko‘rildi


X.H. ismli shikoyat egasi shu yilning 16 avgust kuni Navoiy viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiya olayotgan ikki yoshdan oshgan qizini olib kelish uchun borganida, farzandining chinqirib yig‘layotgani ustidan chiqadi: qizcha yerda yotar, bog‘cha opasi esa uni turg‘izishga urinardi...

Ona, tabiiyki, jon vahmida so‘raydi: “Qizim nega yig‘layapti?”. Tarbiyachi esa uzr so‘rash o‘rniga onani haqorat qiladi. Dahanaki aytishuv yakunida u qizaloqning onasiga qo‘lini paxsa qiladi: “qaerga borsang, boraver, qo‘lingdan kelganini qil”.

Ona dastlab bog‘cha mudirasiga shikoyat qilish bilan cheklanadi. Biroq o‘sha kechasi qizaloqning isitmasi keskin ko‘tarilib ketib, tuni bilan alahlab chiqadi. Shifokorlar unga aniq tashxis qo‘ya olishmaydi: “ruhiy jarohat — qo‘rqish oqibatida biror xastalikka chalingan bo‘lishi mumkin, biroz kutaylik, belgilari aniq bo‘ladi”, deyishadi.

Qizaloqning onasi bog‘cha tarbiyachisining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan Xalq qabulxonasiga murojaat qiladi. Mazkur murojaat nazoratga olib o‘rganilgach, unda ko‘rsatilgan barcha holat o‘z isbotini topdi. Shu bois murojaat bo‘lgan kunning o‘zidayoq aybdor tarbiyachi egallab turgan vazifasidan ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi ayrim maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachilarning noqonuniy xatti-harakatlari aks etgan videolar minglab yurtdoshlarimiz qalbini larzaga solgan edi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalarida shu mazmundagi murojaatlar zudlik bilan o‘rganilib, murg‘ak qalblarga qo‘rquv urug‘ini sochayotgan kimsalarga qonun doirasida murosasizlik bilan qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 29 dekabrdagi “2017–2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish ko‘zda tutilgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3281 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bog‘cha tarbiyachisi, chora ko‘rildi, Qo‘pollik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное