Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Qo‘yliq” ma’muriyati bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqidagi xabarlarni rad etdi

“Qo‘yliq” dehqon bozori direktorining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Qodirjon Normirzayev bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqida xat yoki og‘zaki topshiriq berilmaganini ma’lum qildi. Bu haqda u O‘zA videoreportajida aytib o‘tgan.

“Yangi ‘most’ bu hozircha loyiha. Ushbu ‘most’ qurilishiga 2025-yil yoki boshqa ma’lum bir vaqt belgilanmagan. Qurilgan taqdirda ham, ‘most’ bilan bozor orasida katta joy bor, aylanma yo‘l qilib, pastga tushirganda ham, bozorga xalaqit qilmaydi. Bozorning yangi bozorga ko‘chirilishi bo‘yicha hali bizga shahar hokimiyati tomonidan yoki bozorlar markazi tomonidan ham hech qanaqa xabar berilmagan. Va bizga bu bo‘yicha ogohlantirish xatlari ham yuborilmagan”, — deya uning so‘zlarini keltirgan “Gazeta.uz”.

Qodirjon Normirzayevning so‘zlariga ko‘ra, yangi qurilgan bozor ulgurji savdoga mo‘ljallangan bo‘lib, u yerda katta fura mashinalari erkin, to‘siqsiz harakatlanib kirib kela oladi. “Bundan maqsad bozorga kelayotgan mashinalari shahar tashqarisida harakatlanib, shahar ichida tirbandlikning oldini olish uchun mo‘ljallangan joy”, — degan ma’muriyat vakili.

Videoda bozor sotuvchilari va ishchilari 31-dekabrga qadar Food City’ga ko‘chish bo‘yicha ogohlantirish xati ma’muriyat tomonidan berilganini ta’kidlamoqda.

Bozor direktori nomiga yozdirilgan xatda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs 31-dekabr kunigacha faoliyatini tugatib, 1-yanvardan Food City’da faoliyatini davom ettirishi, agar ushbu qonuniy talabga amal qilmasa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) hamda Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) asosida javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan. Biroq xatda mazkur moddalar dispozitsiya deya qayd etilgan.

Qodirjon Normirzayevning so‘zlariga ko‘ra, ogohlantirish xatlari ma’muriyat tomonidan berilmagan.

“Uni (ogohlantirish xatini) pattachi bergandir. Mendagi ma’lumotga ko‘ra, bozor buzilmaydi. Bozor buzilishi, ko‘chishi bo‘yicha xat ham kelmagan”, — degan u. Bozordagi savdogarlar va ishchilarning qo‘lidagi xat bo‘yicha esa javob bera olmasligini bildirgan.

O‘zA vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xodimi bilan bog‘langan, biroq muxbir voqelikka to‘liq oydinlik kirituvchi mas’ul shaxsning telefon raqamini ololmagan.

Eslatib o‘tamiz, 7-dekabr kuni Toshkent shahar hokimligi “Qo‘yliq” dehqon bozori yo‘l kengaytirilishi sabab boshqa joyga ko‘chirilishini ma’lum qilgandi. 9-dekabr kuni bozor Qo‘yliqdan 6,5 kilometr uzoqlikda, Toshkent viloyatida joylashgan Food City savdo majmuasiga ko‘chirilishi haqida xabarlar tarqaldi. “Gazeta.uz” bunday qaror hukumat tomonidan 2017-yildayoq qabul qilinganini ma’lum qildi.

Shu kuni Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa manzilga ko‘chirilishidan nozori bo‘lgan shaxslar bozor yaqinidagi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Poytaxt IIBB bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu namoyishda ishtirok etgan besh nafar shaxsga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) va 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish)ga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ular 5 va 7 sutkaga qamaldi.

 

 



Manba:Daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1063 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bozor, “Qo‘yliq” ma’muriyati, xabarlarni, etdi, ko‘chishi, rad, haqidagi, Buzilishi, Yoki
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное