Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Qomatni raso qiluvchi 15 daqiqalik 15 tavsiya

15 daqiqa bo‘sh vaqt paydo bo‘ldi, xo‘sh uni qanday sarflaymiz? Sevimli serialimizni o‘tkazib yubormaslik uchun keraksiz reklamani tomosha qilish, yarim soatlab telefonda behuda gap sotish yoki ijtimoiy tarmoqlarda kimlarningdir suratlariga “like” bosishga ketkazilgan vaqtimizni hech qachon behuda sarfladik deb hisoblamaymiz. Ammo mana shu daqiqalardan qomatimiz go‘zalligi uchun foydalansak ham bo‘lardi-ku... Keling,  befoyda odatlarimizni qomatimizga nafi tegadiganlariga o‘zgartiramiz.
1. Sakrog‘ich mushkulingizni oson qiladi.
Kuniga 15 daqiqa sakrog‘ichda sakrasangiz, 145 kilokalloriyadan xalos bo‘lasiz. Astoydil harakat qilsangiz, 15 kunda naqd 2 kilogramm yog‘dan xalos bo‘lishingiz mumkin.
2. Ikkitasi birda.
Raqsga tushishni yoqtirmaydigan inson bo‘lmasa kerak. Ham sevimli, ham foydali mashg‘ulotingizni har kuni bajarishga nima deysiz? Ayniqsa, 15 daqiqa faol raqs 130 kkal.dan xalos etishini bilganingizdan keyin, bu mashg‘ulotga munosabatingiz o‘zgarishi turgan gap. Ammo ortiqcha vaqtim yo‘q, deb bahona qila ko‘rmang. “Kalovini topsang, qor ham yonadi”. Masalan, taom tayyorlay turib ham raqsga tushsa bo‘ladi-ku.
3. Erinchoqlik qilmang.
Har qanday uy yumushini ham ortiqcha santimetrlardan xalos qiluvchi mashg‘ulotga aylantirish mumkin. Masalan, 15 daqiqa tinmay engashib pol artsangiz 56 kkal. dan xalos bo‘lasiz. Xuddi shuncha muddat qo‘lda kir yuvish ham 64 kkal.dan qutulishga yordam beradi.
4. Tez yurishga tobingiz qalay?
15 daqiqa jadal tezlikda yurish  bilan 111 kkal.ni yo‘qotish imkonini qo‘ldan boy bermang!
5. Reklama tanaffusi mobaynida 75 kkal.dan xalos bo‘lishga nima deysiz?
Sevimli serialingiz orasidagi reklama tanaffuslari vaqtida qorindagi yog‘lardan voz keching. Buning uchun turib, yurish, oila a’zolaringiz oldida hijolat qilishi mumkin bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish shart emas. Shunchaki, burun orqali qorningizni to‘ldirib nafas oling, 10 soniya ushlab turing va og‘iz orqali chiqaring. Bu mashq qorin mushaklarni harkatlantiradi, tanani kislorod bilan ta’minlaydi va ortiqcha 75 kkal.dan xalos etadi.
6. Yuqori qavatda yashayman deysizmi?
Axir bu ajoyib-ku! Bu holatdan unumli foydalanib qolmasangiz chindan ham tanbal ekansiz! Kuniga 15 daqiqa zinadan chiqib tushsangiz 113 kkal.lar sizni tark etishini bilasizmi?
7. Xipcha bel bo‘lamiz!
Bel va bo‘ksa sohasida ortiqcha santimetrlardan esa chambarak (obruch) yordamida xalos bo‘lish mumkin. Kuniga atigi 15 daqiqa aylantirib 115 kkal.dan xoli bo‘lishga tobingiz qalay?
8. Bozorga boramiz!
Ayollarning eng sevimli mashg‘ulotini foydaliga aylantirish imkoni bor! Zamon shunchalik rivojlanib boryaptiki, bozorga borishning hojati qolmagandek. Negaki,  kerakli buyumlarni ishxonaga keltirib sotishadi yoki internet orqali buyurtma qilib qo‘ya qolamiz. Ammo bir soatgina vaqtingizni do‘kon aylanishga sarflasangiz ham 250 kkal.dan xalos bo‘lasiz, ham tanlash imkoniyatingiz kengligini ko‘rib ruhingiz tetiklashadi. 
9. Taomnomangizni o‘zgartiring.
Agar, ovqatlanish tartibini o‘zgartirmay, faqat mashqlar orqali sezilarli natijaga erishish mumkin, deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Taomnomangizga oqsilga boy mahsulotlarni kiriting. Masalan, nonushtaga suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa yoki qaynatilgan tuxum tanovul qilishga odatlaning. 
10. Har bir vositadan unumli foydalaning.
Shu jumladan qo‘l telefoningizdan ham! Bugungi kunda qo‘l telefonlari uchun ozishda yordam beruvchi dasturlar bisyor. Ana shulardan birini ko‘chirib olib, kundalik iste’mol qilgan taomlaringizni yozib boring. Organizm ochlik tufayli stressga tushib qolmasligi uchun belgilangan me’yor —  250 kkal.dan kamroq taom iste’mol qilsangiz, bir oyda 1 kilogrammgacha ortiqcha vazndan qutilishingiz mumkin.
11. Sayr qilishga odatlaning.
Birinchidan, bu jismoniy mashq emas, o‘zingizni majburlab bajarishga xojat yo‘q. Ikkinchidan, shiddatli mashqlardan keyin qorin tez ochadi, sayr qilganimizda esa ochlik hissi bezovta qilmaydi. Natijada ham kalloriyalarimizni ketkazamiz, ham kamroq taom tanovul qilamiz.
12. Moddalar almashinuvini jadallashtiruvchi 15 mahsulotni taomnomangizga kiriting.
Sitrus mevalar, ko‘k choy, sut va sut mahsulotlari, bodom, yog‘siz tovuq go‘shti, olma, ismaloq, qizil loviya, karam, gulkaram, suli yormasi, achchiq qalampir, pomidor, sarimsoq, ko‘katlar, dengiz mahsulotlari (xech bo‘lmaganda, dengiz karamidan tayyorlangan salat) albatta dasturxoningizda bo‘lsin.
13. Kontrast dush qabul qiling.
Bu amaliyot ham moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Issiq va sovuq suv ta’sirida qon aylanishi tezlashadi, natijada ichki a’zolarga foydali moddalar tezroq yetib boradi. Quvonarlisi, ortiqcha yog‘lar tanani tezroq tark etadi.
14. Ovqatdan avval bir piyola iliq suv iching.
Buni qarangki, bir dona yog‘ molekulasini eritish uchun to‘rtta suv molekulasi kerak bo‘lar ekan. Agar organizmga suv yetishmasa, yog‘larning erish jarayoni sekinlashadi. Suv esa qorinni to‘q tutib, me’yordan ortiq taom iste’mol qilishning oldini oladi. Ammo bu suv gazlanmagan bo‘lishi lozim. Ko‘pchilik yaxshi ko‘radigan gazli suv tish emalini yemirib, qorinni dam qiladi, oshqozon-ichak tizimi faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Ozishni istasangiz, gazli suvdan voz keching.
15. Miriqib kuling.
Olimlar kishi 15 daqiqa miriqib kulsa, 50 kilokaloriyadan xalos bo‘lishini ta’kidlashmoqda. Kundalik kulgu terapiyasi 1 oyda 0,5 kilogrammdan xalos etishi mumkin. Kuniga bittadan komedik film yoki ko‘rsatuv tomosha qilganingizda bir kilometrlik masofaga sayr qilgandek bo‘lasiz. 
SAODAT tayyorladi.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 5403 | Рейтинг: 0| Рейтинг: uchinchi bor, ota bo‘ldi, Umar Shamsiev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное