Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Titanik-soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Merlin-Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

«Qora bozor»da dollar kursi 7000 so‘mdan pastga tushdi


14 avgust kuni kechqurun Toshkent shahridagi «qora bozor»larda bir dollar 6900 so‘mdan sotilmoqda (sotib olish narxi 6800 so‘m). Sarroflar valyuta sotishni to‘xtatishgan.

Viloyatlarda esa kurs 6600 so‘mgacha tushgan.

Shu tariqa, «qora bozor»da qisqa muddat ichida dollar narxi 8400 so‘mdan 7000 so‘mdan pastga qulashi (20 foiz) kuzatilmoqda (Bir necha kun oldin bir dollar 7600 so‘m edi). Bu qulash davom etishi kutilmoqda.

Markaziy bank belgilagan rasmiy kurs esa bugungi kunda 4154 so‘m 36 tiyinni tashkil qilmoqda.

«Qora bozor» nega paydo bo‘ladi?

Qayd etish kerakki, rasmiy kurs har haftada o‘rtacha 25-30 so‘mdan o‘smoqda. Bu vaqtda dollarning bozor kursi har kuni tushmoqda.

Buning asosiy sababi xalq iste’moli tovarlarining rasmiy importi bilan shug‘ullanuvchilar uchun tijorat banklari orqali bozor kursida valyuta sotuvining boshlanganidir. Shuningdek, markazlashmagan eksport uchun majburiy sotuvning bekor qilingani ham bu holat omillaridan biri bo‘lmoqda.

Ayni kunlarda rasmiy, ya’ni oq import bilan shug‘ullanuvchilar ilgari kulrang sxemalarda orttirilgan va jamg‘arilgan valyuta mablag‘larini qora bozorda so‘mga almashtirish va legallashgan so‘m hisobiga tijorat banklaridan rasmiy, qonuniy ko‘rinishda valyuta sotib olishni amalga oshirishmoqda.

Bu jarayon toki rasmiy importerlarning kulrang sxemalari to‘liq «oqlangunigacha» va valyuta-tovar-so‘m butun sikli yakunlanguncha davom etadi. Shu sababli qora bozorda dollarning kursi yana pasayishda davom etishi va psixologik ko‘rsatkich 1 dollar - 6,5 ming so‘mgacha yetishi mumkin.

Prognozlarga ko‘ra, sentabr oyida kurs yana ko‘tarilib, banklardagi bozor kursi bilan tenglashishi mumkin.

Ekspertlar dollardagi jamg‘armalarini so‘mga almashtirmay turishni maslahat bermoqda.



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6752 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kurs, pastga tushdi, dollar, Qora bozor, 7000 so‘m
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное