Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Ishq Ertagi - Title sound
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Pazanda - Im Loving You
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Titanik-soundtreck
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Qaxvaxona - soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qoraqalpog‘istonda uch nafar IIV mayori avariya oqibatida halok bo‘ldi

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonda uch nafar xodim vafot etgani to‘g‘risidagi tarqalgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 27, 30 va 50-son manzil koloniyasi xodimlari bo‘lgan uch nafar mayor videoselektordan qaytayotgan vaqtida YTHga uchragan.Ma’lum qilinishicha, 26-noyabr kuni soat 00:10 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hududidan o‘tuvchi A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Buyneu avtomobil yo‘lining 708-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, Jazoni ijro etish xizmati (JIEM) xodimi I.I. xizmat joyidan yashash xonadoniga qaytayotgan vaqtda o‘ziga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomashinasini boshqarayotib, qarama-qarshi tomonlarni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilishi natijasida avariyaga uchragan.

Hodisa oqibatida transport vositasida bo‘lgan JIEM xodimlari M.X. hamda X.X. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida, I.I. esa ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, Xo‘jayli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq IIV YHXBB Andijonda “Jiguli” haydovchisi YPX xodimi quvgani sabab avariyaga uchragani to‘g‘risida tarqalgan xabarga munosabat bildirgani, Surxondaryoda mast haydovchi Lacetti’da ikki YPX inspektorini sudrab ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1124 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное