Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Jumong-soundtreck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qotil-enaga Gulchehra Boboqulova jinoiy javobgarlikdan ozod etildi



Avvalroq, 4 yoshli qizchaning boshini tanasidan judo qilgan qotil-enaga ustidan ochilgan jinoiy ish yuzasidan Moskvada navbatdagi sud bo‘lib o‘tgani, unda Gulchehra Boboqulovaga so‘nggi so‘z berilgani haqida xabar bergan edik.
 
Sud davomida prokuror sudyadan qotilik vaqtida Gulchehra Boboqulova nima qilayotganini bilmagani, uning ruhiy nosog‘lom ekanini, shu sababli ham uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va ruhiy xastaliklar shifoxonasiga davolanish uchun yuborishini so‘radi.
 
Bugun, 24 noyabr kuni Moskvadagi Xoroshevskiy sudi o‘zi enagalik qilgan 4 yoshli qizchani o‘ldirishda ayblangan o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulovani jinoiy javobgarlikdan ozod qildi va uni majburiy ravishdagi ruhiy kasalliklarni davolash muassasasiga yubordi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
 
Sud zalida Gulchehra Boboqulova o‘zini juda g‘ayrioddiy tutdi. Uning ruhiy xasta ekani, harakatlarida ham aks etib turardi. Nashrda aytilishicha, sud vaqtida, ayniqsa, hukm ijrosi o‘qib eshittirilayotgan paytda ayblanuvchi bezovtalangan, goh o‘tirib, goh o‘rnidan turgan. Ko‘z qarashi insonda qo‘rqinch uyg‘otadigan darajada ba’zan olayib, ba’zan  esa uyquga ketadigandek ko‘ringan.
 
Albatta, bu sud zalida ishtirok etgan fuqarolar, OAVning fikri, biroq qotillikni aniqlik, tezlik bilan sodir etgan bu ayol atrofidagi insonlarning barchasini o‘zining yolg‘on harakatlariga ishontirayotgan bo‘lishi ham mumkin. U jazodan ana shu rost yoki yolg‘on bo‘lgan omillar sababli omon qoldi.
 
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 29 fevral kuni O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Gulchehra Boboqulova 4 yoshli qizaloqning boshini tanasidan judo qilgan. Keyin uyga o‘t qo‘yib chiqib ketgan. Moskvadagi “Oktabrskoye pole” metro bekati atrofida qizning boshini ko‘tarib baland ovozda o‘zini “terrorchi” deb atagan. Shundan so‘ng militsiya uni hibsga olgan.
 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4531 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Gulchehra Boboqulova, enaga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное