Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Qovoqning foydali hususiyatlari, u yuzlab kasalliklarga davo


Vitaminlarning barini o‘zida jam qilgan qovoq yuzlab kasalliklarga davo bo‘ladi. Yana tarkibida kaliy, temir, kalsiy, magniy ko‘p bo‘lgani uchun asablarni tinchlantirishda, bo‘y o‘smaslikda, raxit kasalida, yurak-qon tomir xastaliklarida yordam bera oladi. Qovoqning et qismi ishqorli moddalarga nihoyatda boy. Shu sababli uni yuqori kislotali gastrit bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya qilamiz. Qovoqni xo‘b yesangiz, bu darddan tez xalos bo‘lishingiz aniq. Qovoq qabziyat, varikoz, ateroskleroz, qandli diabet, podagra, o‘t-tosh kasalini davolashda ham kerakli. Yana uning kuchli siydik haydovchi va organizmni tozalovchi xususiyati borligini ham unutmaslik kerak. Aynan shuning uchun shifokorlar uni homilador ayollarga yurak, buyrak ishini yaxshilash, shishlarni yo‘qotish uchun tavsiya qilishadi. Harqalay qovoq bu vazifani manaman degan doridan ko‘ra yaxshiroq uddalaydi. Qovoqning foydasi va qaysi kasallikda asqatishi haqida ko‘p gapirishimiz mumkin, lekin unda so‘zboshimizning o‘zi bilan chegaralanib qolishga to‘g‘ri keladi. Keling, bu haqda batafsilroq ma’lumot bersak.

ORASTA BO‘LISh UChUN BOR-YO‘G‘I...

Teringiz yog‘li bo‘lsa, qovoqni qirg‘ichdan o‘tkazib, 1 osh qoshig‘iga bir dona tuxum sarig‘i va bir choy qoshiq asal qo‘shing-da, yuzingizga surting. Qovoq yuzni oqartirib, terini silliqlash xususiyatiga ega. Quruq teri uchun esa qovoq pishgan bo‘lishi shart. Unga zaytun moyini qo‘shing, teringiz oziqlanadi, yuzdagi husnbuzarga ham davo bo‘ladi.

URUG‘I-ChI?!

Agar uni faqat gijjaga qarshi vosita deb o‘ylasangiz, qovoq haqida hech nima bilmabsiz. Qovoq urug‘i sochdagi qazg‘oq, tanadagi yirik husnbuzar va chipqon, umuman teri kasalliklari, zamburug‘li infeksiyalarni davolashda tengi yo‘q tabib hisoblanadi. Buning uchun qovoq urug‘ini maydalab, kukun holiga keltirib, ozroq mineral suv bilan aralashtirasiz. So‘ng sochga niqob, zararlangan teriga kompres qilishingiz mumkin. Foydasini 2 haftada bilasiz.

Darvoqe, gijjadan xalos bo‘lish uchun qovoq urug‘ini yotishdan oldin asal bilan yeb, ertalab bir osh qoshiq kanakunjut moyidan ichish kerak. Qarabsizki, hatto xuqna kerak bo‘lmaydi, ichaklaringiz darrov bu zararkunandalardan xalos bo‘ladi.

ShIRASI

Qovoqning et qismini qirg‘ichdan o‘tkazib, suvini siqib olsangiz, shira tayyor. Uni ozroq ilitib, tomoq og‘rig‘i va stomatitda chayish uchun foydalansangiz bo‘ladi. Qovoq shirasi bavosirda ham davo. Bunda doka namlanib, orqa ichakka qo‘yiladi. Yana qovoq shirasi kamqonlikda, yurak betobligida ham yordam beradi. Buning uchun qovoq shirasini nahorga yoki ovqatlar orasida yarim piyoladan bir oy davomida ichiladi.

!Qovoq gulining damlamasini teridagi uzoq bitmayotgan va yiringli yaralar, chuqur kuygan joylarga qo‘yish kerak.

SARIQ KASALIDAN KEYIN

O‘rtacha kattalikdagi qovoqning ichini tozalab, toza tog‘ asali bilan yarmigacha to‘ldiramiz. Keyin qovoq ustiga xamirdan qopqoq yasab, ustidan o‘zining avval kesib olingan bandini yopamiz. 10 kundan keyin shifobaxsh malham tayyor. Uni 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal, ovqatdan oldin 20 kun davomida qabul qilish kerak. Ushbu aralashma siydik-tosh kasali, silda ham yordam beradi.

PROSTATITNING ODDIY DAVOSI

Bor-yo‘g‘i haftada 2 martagacha qovoq manti yeyish kerak. Chunki bug‘da pishgan qovoq ushbu kasalni quvish xususiyatiga ega. Yana bunday muammoga duch kelgan erkaklar qovoqning xom shirasini nahorga ichishsin, foydasini sezishadi.

OZMOQChIMISIZ?

Qovoqning et qismini kubik shaklida to‘g‘rab, zaytun moyida yengilgina qovurasiz, keyin likobchaga terib, ustiga ozroq asal, maydalangan yong‘oq va bodom aralashmasidan sepib maza qilib yeysiz. Bu aralashma yurakni quvvatlash, ichaklarni, umuman butun organizmni tozalash uchun ham xizmat qiladi. Yana uning yordamida kamqonlikni ham davolash mumkin.

MOYINING FOYDASI BOR

Qovoq moyi soch to‘kilishi, teri qichishishi, terining dag‘alligiga foyda. Yana u raxit kasali, 40 yoshdan keyin ayollarda kalsiy yo‘qotish bilan bog‘liq muammolar (osteoporoz, koksartroz, sinishlar) oldini olishda asqatadi. Uni ovqatlar orasida yoki nahorga bir osh qoshiqdan qabul qiling, 2 oyda foydasini sezasiz. Qovoq moyi ayollarda uchraydigan bachadon eroziyasi, jinsiy a’zodagi qichishish, yallig‘lanishni davolashda ham yaxshi yordam beradi.

ZARARI NIMADA?

Qovoqni qonda qand miqdori keskin oshganda, oshqozon yarasida, past kilostali gastritda kamroq yeyish maslahat beriladi. Qolgan holatlarda bu mahsulot sizga faqat foyda qiladi.

Oilaviy shifokor Sayyora Qozoqova tavsiyalari asosida

Barno Hojimirzayeva tayyorladi



Категория: SOG'LIK
Просмотров: 3681 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qovoq, foydali hususiyatlari, Yuzlab, kasalliklarga davo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное