Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Osiyo-Soundtreck
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Qaqnus - Mal De music
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Soundtreck-Великолепный Век
. Kuz ertagi-soundtreck
. Efir Sirlari - Piano Version
. Pazanda - Sad Love
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qozog'istonda uchuvchilarning ingliz tilini yaxshi bilmasligi aviahalokatga sabab bo'lgan

2013 yilda Ko'kshetov-Olma-ota reysini amalga oshirgan SCAT aviakompaniyasi CRJ-200 samolyoti aviahalokati bo'yicha sud ishi asosiy taxminlarni e'lon qildi. Uchuvchilarning ingliz tilini kuchsiz darajada bilishlari samolyotni halokatga olib kelgan sabablardan biri sifatida qayd etilgan.

Nashriyot muxbiri bergan xabarga ko'ra, SCAT uchish xizmati direktori lavozimini 2007 yildan beri egallab kelayotgan Vyacheslav Artemenko uchish ishini to'g'ri tashkil etmaganlikda ayblanmoqda. Prokurorlar ma'lumotlariga ko'ra, Artemenko halok bo'lgan uchuvchilarni o'qitish va malakasini oshirishni kerakli tarzda ta'minlamagan. Havo kemasi komandiri Vladimir Еvdokimov va ikkinchi uchuvchi Aleksandr Sharapov ingliz tilini yaxshi bilishmagan. Bu esa CRJ-200ni boshqarish bo'yicha o'quv materialini o'zlashtirishga xalal bergan.

Prokurorning ma'lum qilishicha, Еvdokimovning uchish-shtab hujjatlarida haqiqiy bo'lmagan sertifikat nusxasi ilova qilingan. Unga ko'ra, Еvdokimov IKAO shkalasi bo'yicha zarur bo'lgan umumiy va aviatsion ingliz tilining to'rtinchi darajasini namoyish etgan. Ishni ko'rib chiqish jarayonida yana shu ma'lum bo'ldiki, aviakompaniyada mehnat va dam olish rejimi tizimli tarzda buzib kelingan. Xususan, har yillik mehnat ta'tili vaqtida ekipaj xorijiy til o'quv markazida ta'lim olgan.

SCAT uchish xizmati direktoriga Qozog'iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 344 moddasi “Ehtiyotsizlikka ko'ra ikki yoki undan ortiq shaxs halokatini keltirib chiqargan harakat xavfsizligi qoidalari yoki havo transportidan foydalanish qoidalarini buzish”ga ko'ra, 4 yildan 10 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum etish ko'zda tutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 16ta yo'lovchi va ekipajning 5 nafar a'zosini hayotdan olib ketgan aviahalokat 2013 yilning 29 yanvarida Qiziltu posyolkasida sodir bo'lgan edi. Qozog'istonning bosh transport prokuraturasi samolyot halokatining jinoyat ishini sudgacha bo'lgan o'rganish jarayoni yakunlanganini ma'lum qildi. Unga ko'ra, halokatga yomon ko'rinish sharoitida ekipajning ikkinchi aylanaga ketishidagi xato harakatlar asosiy sabab bo'lgan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3186 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qozog'istonda uchuvchilarning ingli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное