Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 37 taga yetdi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida koronavirusga chalingan Rossiya fuqarosi kasalxonaga yotqizildi, «RBK»ning «Today.kz»ga tayanib xabar berishicha, bu haqda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Dias Axmetsharip ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1979 yilda tug‘ilgan rossiyalik 15 martda Moskvadan Qozog‘istonga kelgan. Ayni vaqtda u karantinda bo‘lib turibdi, sog‘lig‘i qoniqarli ahvolda.
Shuday qilib, Qozog‘istonda kasallanganlar soni 37 taga yetdi. Ularning 18 nafari Nur-Sultonda, 19 nafari Olmaotada aniqlangan. Hukumat koronavirusning tarqalishini olish maqsadida har ikki shaharda karantin joriy etishga qaror qildi. 19 martdan boshlab ular fuqarolar shahardan shaharga chiqish harakati va jamoat transporti ishini cheklanadi, savdo markazlari va nooziq-ovqat do‘konlari faoliyati to‘xtatiladi.
Bundan avval mamlakatda ommaviy tadbirlar bekor qilindi, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqdi, davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi. Fuqarolarga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi.
Mamlakatda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16 martdan 15 aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Bu davrda qozog‘istonliklar mamlakatni tark eta olmaydi (xorijga davolanish uchun ketayotganlardan tashqari).
O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga etdi. Fransiyada bo‘lib qaytgan birinchi bemor ayolning yana uch nafar qarindoshida koronavirus aniqlangan. Avvalroq uning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nevarasi, onasi, kelini, yana bir qarindoshi va bir hamkasbida ham kasallik aniqlangan edi.


Manba:aniq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1792 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus, Qozog‘istonda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное