Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qozog‘istonda restoran egasi to‘y xarajatlarini to‘lamagani uchun kelinni garovga oldi
Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida nufuzli restoran egasi to‘y o‘tkazish xarajatlarini to‘lamagani uchun kelinni garovga oldi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”. Bu haqda kelin-kuyovning o‘zi tahririyatga murojaat etgan.

Bo‘lajak kuyov kreditga pul olib, qimmat restoranda 150 kishi uchun to‘y tantanasini o‘tkazgan. Kelin-kuyov xarajatning 70 foizini oldindan to‘lagan, qolgan qismini mehmonlar bergan to‘yonadan to‘lab yubormoqchi bo‘lgan.
Biroq to‘yga taklif qilingan mehmonlarning ba’zilari kelmay qolgani uchun, to‘yona miqdori kelin-kuyov kutganidan kamroq bo‘ldi, natijada ular restoran egasidan biroz qarz bo‘lib qoldi. To‘y tugagach, tadbirkor qolgan pulni darhol berishni talab qildi, ertasi kungacha ham kutishni xohlamay, kuyov qarzni qaytargunicha kelinni garovga oldi.
Kuyov kelin o‘rniga mashinasini garov sifatida qoldirmoqchi bo‘lganida, restoran egasi unamadi va oq libosdagi kelinni ertalabgacha restoranda ushlab o‘tirdi. Sarosimadagi kuyov mashinasini yarim narxiga sotib, pulini keltirgachgina, kelinni qo‘yib yuborishdi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, kelin-kuyov restoran egasining bu xatti-harakati jinoyat ekanligini tushundi va uni sudga berishga qaror qildi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6369 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qozog‘istonda restoran egasi to‘y x
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
shalola897 Ha axmoqona ish
Like | 0
AzSoSe Qoyil
Like | 0
2536789 wuyam iwmi Toba nima qiladi kelinni garovga olib Becara kelin mayli pulini to`lawar endi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное