Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qozog‘istonda yosh oilalarga uy-joy berilmoqda

Qozog‘istonda nochor yoki uyga muhtoj yosh oilalar uchun yangi uy-joylar qurilmoqda.
Interfaks agentligining ma’lum qilishicha, mamlakatda 283 mln kv m uy-joy maydoni mavjud bo‘lib, ayni paytda yangi oilalarga 23 mln kv m hududga ega uy-joy qurilishi rejalashtirilmoqda.
Uy-joy muammosini hal qilish uchun 2012 yilning iyunida “Samruq Qazina” milliy farovonlik davlat jamg‘armasi “Arzon uy-joy 2020” dasturini e’lon qilgan edi. Dastur doirasida qurilgan dastlabki uylar joriy yilning mart oyida iste’molga topshirildi. Yangi uylarga 1 357 oila ko‘chib o‘tdi.
“Bayterek” milliy aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Quvondiq Bishimbaevning so‘zlariga qaraganda, ikki xonali uy ijarasi Olma-Ota va Ostonada 52 ming tangani (281 dollar), viloyatlarda esa 42 ming tangani (227 dollar) tashkil qiladi, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqi esa 100 ming tangaga (540 dollar) teng. Ikki xonali uy ijarasini to‘lash va ayni paytda kun o‘tkazish uchun oilaning kamida ikki vakili ishlashiga to‘g‘ri keladi.
Yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Arzon uy-joy 2020” dasturining yosh chegarasi 29 yoshdan 35 yoshgacha ko‘tarilgan.
Manba:kun.uz


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3480 | Рейтинг: 1| Рейтинг: berilmoqda, yosh oila, Qozog‘iston, uy-joy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное