Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Qulupnay: foydasi, zarari, tanlash qoidalari


Mana, bozorlarda qulupnayxon hukmronligining ilk kunlari ham boshlandi. Bu paytda eru ko`kni egallagan qizil rangli xushta`m mevani sevib tanovul qilmaydigan inson bo`lmasa kerak. Uning foydali va zararli xususiyatlari haqida to`liqroq ma`lumotga ega bo`lishni istasangiz, ma`lumotlarimizga e`tibor qarating. 

Tanlash qoidalari

Mevalar malikasi qulupnayni tanlaganda uning bandiga e`tibor qarating, chunki yam-yashil bandlar «Meni endigina uzib keltirishdi, olsangiz, aslo yanglishmasiz» deya «so`z»lab turadi.
Shuningdek, meva yuzidagi donlarni ham nazardan chetda qoldirmang. Agar donlar mevadan bo`rtib chiqqan bo`lsa, demak, qulupnay hali etilmaganidan dalolat beradi. Ancha chuqur kirgan donlar esa ayni muddao.
Ko`pchilik orasida katta hajmdagi qulupnaylarga kimyoviy dorilar bilan ishlov berilgan degan qarashlar mavjud. Aslida mevaning hajmi uning naviga bog`liq. Ba`zi turdagi qulupnaylar katta, boshqalari kichik bo`lishi mumkinligini inobatga oling.
Agar qulupnay saqlangan idishda qizil dog` qolsa, bilingki, unga kimyoviy dorilar bilan ishlov berilmagan.
Qulupnay qanchalik muattar ifor taratsa, meva shuncha g`arq pishgan hisoblanadi. 
Ozmoqchimisiz?

Ortiqcha vazndan xalos bo`lishga kirishganlar uchun qulupnay benazir yordamchidir. 100 gramm qulupnay mevasida atigi 30 kkal. bo`lsa-da, mazali va to`yimliligi uchun uni juda qadrlashadi. Xuddi shuncha miqdordagi qulupnay S darmondorisiga bo`lgan kundalik ehtiyojingizni bemalol qondira olarkan.

Ajinlardan qutqaradi!

Tarkibidagi S darmondorisi tufayli qulupnay chehrangizda ortiqcha ajinlar paydo bo`lishiga to`sqinlik qiladi. Bilsangiz, nordon qulupnay oddiylariga qaraganda ko`proq yoshartirish xususiyatiga ega. Mevadan yuz uchun niqoblar tayyorlashga erinmasangiz, uzoq muddat ajinlar sizni chetlab o`tadi.

Muhabbat mevasi

U nafaqat yurak shakliga yaqin bo`lgani uchun, balki tarkibidagi ruh moddasi hisobiga tabiiy afrodiziak (ehtirosni qo`zg`atuvchi) meva hisoblanadi. U organizmda gormonlar ishlab chiqarilishini rag`batlantiradi.

Oshqozonni himoyalash uchun

Injiq fe`l-atvorli bu xonimni ba`zi xastaliklarga chalinganlar iste`mol qilmaganlari maqsadga muvofiq. Oshqozon ichagi biroz bezovta qiladiganlar ehtiyot bo`lganlari ma`qul. Va albatta, allergiyaga moyil har qanday inson qulupnay sotiladigan joylardan bir chaqirim uzoqdan o`tmasalar, xastalik osongina salomatliklariga zahmat etkazishi ham mumkin.
Qulupnayni smetana, yog`siz qaymoq yoki tvorog bilan iste`mol qilgan afzal. Chunki ushbu sut mahsulotlari tarkibidagi yog`lar oshqozon devorini qoplab oladi va kislotalarning oshqozonga ziyon etkazishiga yo`l qo`ymaydi. Bundan tashqari, sut mahsulotlari bilan iste`mol qilingan qulupnay tishlarga ham ziyon etkazmaydi.
Qulupnay oshqozonda bijg`ish jarayonini keltirib chiqarganligi tufayli ovqatdan keyin desert sifatida tanovul qilish tavsiya etilmaydi.

Mumkin emas!

Agar oshqozon yarasi yoki gastrit bezovta qilsa, ishtahangizni jilovlashga majbursiz. Yaxshisi bananga ixtiyor berganingiz ma`qul.
Qon bosimiga qarshi dori vositalaridan foydalanayotgan bo`lsangiz, buyragingizni asrash uchun qulupnayni haddan ziyod iste`mol qilmang.

Yodingizda tuting!

Qulupnay mevasini uzoq muddat saqlab bo`lmaydi. Muzlatkichda ko`proq saqlab qo`ysangiz, tarkibidagi nitritlar — kanserogen moddalarga aylanib, salomatligimizga xavf solishi mumkin.


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 4548 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qulupnay
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное