Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Quvasoyda fuqarodan 500 dollar pora talab qilgan notarius va kadastr xodimi qo'lga olindi

Farg'ona viloyatining Quvasoy tumanida fuqarodan 500 dollar pora talab qilgan notarius va kadastr xodimi qo'lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, Salima ismli ayol uyini sotish uchun notariusga murojaat qilgan. Buning uchun uyning kadastr hujjatlari hamda kommunal xizmat idoralaridan ma'lumotnomalar talab qilinardi. Ammo hujjatlarda muammolar borligi tufayli ayol uzoq vaqt ishini bitira olmagan.

Shunda notarial idorada rasman ishlamaydigan, ammo mijozlarga maslahat berish bilan shug'ullanadigan Manzura Komilova unga “Еrmulkkadastr” korxonasi xodimi Mahbubaxon Sultonovaga uchrashini aytgan.

Sultonova, o'z navbatida, Salimadan hujjatlarni to'g'irlab berish uchun 500 dollar berishni talab qilgan. Ammo nogiron farzandining yolg'iz qarovchisi bo'lgan ayolda buncha pul yo'q edi; u tegishli idoralarga qilgan.

Sultonova mijozdan 300 dollar olish paytida qo'lga olingan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari, shuningdek, Manzura Komilovani ham qo'lga olgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2133 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Quvasoyda fuqarodan 500 dollar pora
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное