Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Ra’no Shodiyeva: «ilmiy ish yoqladim, endi badiiy asar yozaman!»

Bu aktrisadan ko‘pchilik hayiqib turadi. Negaki, o‘ziga xos fe’li, talabchanligi vaerkaligi bor. Ehtimol, mana shu jihatlar uni sevimli san’atkorlar qatoridan joyolishiga turtki bo‘lgandir. Boshqa hamkasblaridan farqli o‘laroq u ekranda xunukko‘rinishdan cho‘chimaydi. Qaytanga grim ustasi hamda liboslar bo‘yicha dizaynerlarningishini ham yengillashtirib, kerak bo‘lsa, ularning vazifasini ham bajarib ketaveradi. Ayni kunlarda har doimgidan ham band bo‘lgan Ra’no ShODIYEV bilan "Sug‘diyona" gazetasi ijodkori samimiy suhbat uyushtirdi.
— Qo‘ng‘iroq qilganimda «Kechki payt o‘qishda bo‘laman», dedingiz. Kasbiy malakangiznioshirayapsiz chog‘i?
— Bu yil kino olamiga kirib kelganimga yigirma olti yil bo‘ladi. Yillar davomida juda ko‘p mahoratli ijodkorlar bilan ishladim, har biridan o‘rganganim tajribamni oshirdi. Va hayotimning ayni shu pallasiga kelib, o‘zim uchun san’atning yana bir yo‘nalishi — ssenariynavislik sohasini kashf qilayapman. Qo‘ng‘iroqlashganimizda aytganim shu edi. Birinchi bosqichdan o‘tolsam, o‘qishni davom ettiraman, nasib qilsa, ssenariy ham yozib ko‘rmoqchiman.
— Bu fikr xonanda Ulug‘bek Raxmatullaevning «Tabib» klipidan so‘ng paydo bo‘lmadimi?
—Mazkur klipdagi rolimdan keyin bir qancha kutubxonalardan takliflar tushdi «Yozgan kitobingizni bizga bering» degan mazmunda. Muxlislar orasida ham «Kitobingiz chiqibdi, qaerdan topsak bo‘ladi» deya so‘raganlar ko‘p bo‘ldi. Ana shular turtki bo‘lib, ssenariynavistlik kursida tahsil ola boshladim va badiiy asar yozish istagi paydo bo‘ldi.
— Yigirma olti yil oz-muncha muddat emas!
— Ijodimni o‘n uch yoshimda boshlaganman (kulib). Vaqtning o‘tishini qarang!
— Yana ko‘p yillar ijod qilishingizni tilab qolamiz!
— Rahmat! Aytganingiz kelsin!
— Ko‘pchilik bosh rollarda ko‘rinmay qolganingizning sababiga qiziqayapti. So‘nggi suratgatushgan filmlaringizda asosan epizodlardasiz?
— Avvaldan bosh rolda ham, epizodda ham birdek suratga tushganman, son jihatdan hozirgidan ko‘proq bo‘lgandir, balki. So‘nggi yillarda esa sanoqli filmlarda ishtirok etdim. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Magistraturada o‘qidim, ilmiy ish yoqladim, uchinchi bor ona bo‘ldim, kichkintoyimning parvarishi uchun s’yomka ishlarini chetga surib turdim. Qolaversa, ikkala farzandim birin-ketin oliygohga o‘qishga kirishdi. O‘g‘lim Turin politexnika universiteti talabasi bo‘ldi. Qizim Toshkent Pediatriya instituti litseyini tamomlayapti. Bolajonlarimning shirin tashvishlari bilan bo‘lib, bir muddat kinodan uzoqlashdim. Rejissyorlardan yaxshi takliflar tushganida esa vaqtim ziqligi bois ko‘pini qaytarishga to‘g‘ri keldi. Afsuslandim, albatta, ammo hozirgi paytda oilam men uchun birinchi o‘rinda. To‘g‘ri, yigirma olti yil mobaynida yaqinlarim biror marta ham ijodimga qarshi bo‘lishmadi. Aksincha, oilam hamisha meni qo‘llab-quvvatlab kelishgan. Lekin kenjatoyim dunyoga kelganidagi onalik hissi boshqacha bo‘ldi. O‘g‘lim bilan qizimning qanday qilib ulg‘ayib qolganini sezmay qolganman, ish, yugur-yugurlar bilan bo‘lib, farzandlarimning bolaligiga to‘ymagan ekanman. Ana shu sog‘inchni kenjatoyimdan topdim. O‘zim bog‘chasiga olib boraman, birga shug‘ullanamiz, bolalar maydonchalariga boramiz, xullas, onalikning barcha zavqu shavqini qaytadan tuyayapman. Lekin bu bilan kinodan ham uzilib qolganim yo‘q, mart oyida «Isnod» deb nomlangan film premerasi rejalashtirilayapti. Ana shu kartinada meni tamoman boshqa obrazda ko‘rasiz. O‘ylaymanki, ijrom tomoshabinlarga yoqadi. Biroq bu safar salbiy qahramonni gavdalantirganman.
— Ra’no Shodiyev salbiy obrazda? Nahotki?
— (kulib) Ha, xuddi shunday. Film odam savdosi va OITS mavzusiga bag‘ishlangan. Turmush o‘rtog‘im «O‘zingni sinab ko‘rasan, boshqa qirralaring ham ochiladi», deya maslahat berganlaridan so‘ng rozi bo‘ldim. Ammo bunchalik salbiy qahramonni ijro qilmagandim hali. Xarakterimga ko‘ra talabchanman, qattiqqo‘l onaman, lekin kimgadir yomonlik qilish qo‘limdan kelmaydi. Qattiq gapirish, baqir-chaqir menga emas, nima bo‘lganida ham juda sabrliman. Shunga ham qahramonim bilan tanishgach, «Qanday uddalayman, eplarmikanman», deya o‘ylandim. Yaqinda filmning premeradan oldingi namoyishi bo‘lib o‘tdi, avvaldan birga ishlab kelgan rejissyorlar «Ra’no, sizdan buni kutmagandik», deyishdi. Demak, rolim yaxshi chiqibdi-da, dedim.
— Premeradan so‘ng tabiiyki salbiy rollarga takliflar ko‘payadi?..
— Va men rozi bo‘laman, agar obraz ma’qul kelsa (kulib). «Isnod»dagi qahramonim meni nimasi bilan qiziqtira olganini aytaymi, birinchidan, bunday ayollarni sira uchratmaganman. U shunchalar makkorki atrofidagi odamlarni osonlik bilan o‘ziga qarata oladi. U insonlar psixologiyasini, biladi, kimga qanday muomala qilish, qanday so‘zlashish — barini yaxshi o‘zlashtirgan. Lekin nima uchun qing‘ir yo‘lni tanlaganini bilolmadim, garchand har kimning o‘z haqiqati bor deyishsa-da, qahramonimni hech qanaqasiga oqlamayman. Personajimga bilasizmi, qanday ta’rif beraman — «Farishta qiyofasidagi iblis». Shu rolim orqali oramizda ichiqora insonlar ham borligini ko‘rsatib bermoqchi bo‘ldim.
— Tomoshabinlarga «Kosmos» taxallusi bilan tanish bo‘lgan rossiyalik aktyor DmitriyDyujev bilan ishchi nomi «U» («Ona») qisqa metrajli kartinada suratga tushdingiz. O‘nbesh daqiqalik asar sizni nimasi bilan qiziqtira oldi?
— Kartina o‘n daqiqa davom etadi. Filmda Dmitriy Dyujev, Karim Mirhodiev va men ishtirok etdik. Juda chuqur falsafiy ma’noga ega, haqiqiy muhabbat haqida hikoya qilinadi. Qisqa metrajli film ayriliqdan so‘ng erkakning ichki kechinmalari, hissiyotlariga bag‘ishlangan. Kartina rejissyori Muxlisa Azizova, hali juda yosh, lekin shunga qaramay professionalligini alohida e’tirof qilmoqchiman. O‘z ishining mutaxassislaridan tashkil topgan ijodiy guruhni ko‘riboq, bu qizning o‘z ishiga qanday mas’uliyat bilan qarashini tushundim. Meni bir holat hayron qoldirdi, Muxlisa jarayonga shu qadar kirishib ketarkanki, hatto, operator bilan birgalikda kamerani qaysi yo‘nalishga moslashtirishni aytib turdi. S’yomka boshlanmasidan avval har bir lavhaning qanday bo‘lishini xayolan tasavvur qila oladigan darajadagi ijodkor. Muxlisaga omad tilayman! Hali bu qiz haqida ko‘p eshitamiz.
— Kino aktyor-aktrisalarini teatrga jalb qilish loyihasida ko‘rinmadingiz. Sizni hamtaklif qilishgandir?
— «To‘maris» spektakliga taklif qilishgandi, ammo o‘sha paytlari kichkintoyimning tobi bo‘lmagani uchun qatnasha olmadim. Ammo keyingi spektakllarda ishtirok etish niyatim yo‘q emas. Ko‘rayapsizmi, yana hammasi vaqtga borib taqalayapti. Hozirda O‘zbekiston Madaniyat va san’at instituti «Televidenie rejissyorligi» kafedrasida bo‘lajak rejissyorlarimizga mahoratdan dars berayapman. Birinchi yili ishlashim bo‘lsa-da, talabalarimga bor tajribamdan kelib chiqib saboq berishga harakat qilayapman. Har bir talabaga o‘z fikringizni yetkazib berish qiyin jarayon. Institutda yigirma yildan buyon ishlayotgan pedagoglarni ko‘rib, shuncha sabr-toqat, kuch-g‘ayratni qaerdan olishadi, deyman.
— Qolaversa, har bir dars mashg‘uloti uchun tayyorgarlik ko‘rish kerak, shundaymi?
— Albatta! Yigirma olti yil davomida to‘plagan tajribam pedagogik faoliyat uchun kamlik qiladi, agar darsga tayyorgarlik ko‘rmasam. Bilasizmi, mening bir odatim bor, institut hovlisida qaysidir o‘qituvchini to‘xtatib, tushunmaganlarimni so‘rab olishim mumkin. Bundan sira uyalmayman ham.
— Talabalaringiz sizni pedagog sifatida qabul qilishayaptimi yoki ko‘proq aktrisamisizular uchun?
— (kulib) Bilmasam, buni ularning o‘zlaridan so‘rash kerak. Lekin bir narsani aniq aytolaman, bu yil juda iqtidorli talabalar qabul qilingan. Men ham rus, ham o‘zbek guruhlariga dars beraman, birinchi semestrda talabalarim ancha yutuqlarni qo‘lga kiritishdi. Menimcha, ko‘proq pedagog sifatida qabul qilishadi. Negaki, birinchi kundanoq bu yerda men aktrisa emas, pedagogman deganman.
— Qizingizning «O‘tov» filmidagi roli yaxshi baholangandi. Zulfiqor Musoqovkartinasidagi ishtiroki ham o‘ziga xos bo‘lgan, ehtimol aktrisalikni davom ettirar?
— Qizim tibbiyot yo‘nalishini tanlagandi, shunday bo‘lsa-da, kinolarda ham suratga tushib turadi, deb o‘ylardim. Chunki bir marta bo‘lsa ham s’yomkada ishtirok etgan inson ijoddan ko‘ngil uzishi qiyin. Lekin qizimda buning teskarisi bo‘ldi. Zulfiqor Musoqov kartinasidagi ishtirokidan so‘ng film, kliplardan ko‘plab takliflar tushdi. Qizim bo‘lsa, «Oyijon, hammaga aytib qo‘ying, men boshqa kinoda o‘ynamayman. Meni bezovta qilishmasin, darslarim qolib ketayapti», dedi. Ishonasizmi, hayron bo‘lib qoldim. «Bular menga halaqit berayapti. To‘g‘ri, s’yomka jarayonini yoqtiraman, ammo ko‘cha-ko‘yda «Kinodagi qiz» deyishlari, meni tanib qolishlari yoqmayapti. San’atkor bo‘lish mengamas ekan», deya o‘zini chetga surdi. Buni qarangki, qizimning qaroridan o‘zimga kelmasimdan katta o‘g‘lim birdaniga san’atga qiziqish bildirib qolsa-ya. Asli, ijodga xavasmandligi yo‘q edi, doim xafa bo‘lib qolardi, «Ijodiy safarlarda bo‘lasiz, sizni kam ko‘ramiz», deb. Kinolarga takliflarni esa eshitishni ham istamasdi. Endi esa «Oyijon, yaxshi rollarga kasting bo‘layotganini eshitsangiz, ayting, o‘zimni sinab ko‘rmoqchiman», deyapti. Bolaning qarashlari o‘zgarib turarkan, qarang.
— Uch farzandning onasi, talabgir aktrisa, mahoratli pedagog yana talaba ham, shunchayugur-yugurlaringiz bo‘lsa ham yosh ko‘rinasiz. Vaholanki, yumushi ko‘p inson tez qariydi, deyishadi?..
— (Kulib) Yosh ko‘rinishimning siri oilaviy xotirjamlikka bog‘liq. Turmush o‘rtog‘ingiz sizni tushunsa, sevsa, farzandlaringiz sog‘-salomat bo‘lishsa, har taraflama ko‘mak berishsa, kun sayin yosharib boraverasiz. Negaki, ko‘nglingiz xotirjam bo‘ladi. Bundan tashqari, yosh ko‘rinishning siri genga ham bog‘liq, nazarimda. Ota-onam yoshlariga nisbatan navqironlar.
— Shu kungacha suratga tushgan filmlaringiz orasida ichki xissiyotlaringizga yaqinkelgani uchradimi?
— Har bir aktyor ijro etayotgan rollariga o‘zidan nimadir qo‘shadi. Ssenariynavis asarni qog‘ozga tushiradi, rejissyor uni sahnalashtiradi, aktyor esa musavvirdek gap — u rang beradi. Tabiatan kuzatuvchanman, atrofimdagi insonlarda tuyg‘ular ifodasi, nigohlar, bosh, qo‘llar harakatini olaman. Hammasi katta ensiklopediya bo‘lib yig‘ilayveradi. Hozir siz bilan suhbatlashayotib ham kuzatayapman, qaddingizni tik tutib o‘tirishingiz, javobimni tinglayotganingiz, qarashlaringiz, sizdan ham olaman bularni va qachondir qaysidir rolimda foydalanaman. Ammo shu holicha emas, albatta, ijro uni o‘zimdagi xissiyotlar bilan yanadaboyitaman. o‘zimdan nimadir qo‘shaman. Ehtimol ko‘pchilikdan olayotgandirman holatlarni (kuladi) lekin bularsiz, ijro etayotgan rollarda haqqoniylik bo‘lmaydi.
— Ra’no opa, suhbat uchun vaqt ajratganingizdan minnatdormiz. Lekin xayrlashmaymiz, premeradan so‘ng savollarimiz bo‘lar axir...
— Kelishdik!
Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi
Fotomuxbir: G‘ayrat UBAYDULLAEV


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4406 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ra’no Shodiyeva:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное