Bojalar - Nargiz (Video... Bojalar - Nargiz (Video...
Ali Otajonov - Oqibat (... Ali Otajonov - Oqibat (...
Rayhon - Hamma Jam (Vid... Rayhon - Hamma Jam (Vid...
VIA Marokand - Million ... VIA Marokand - Million ...
Nilufar Usmonova - Dada... Nilufar Usmonova - Dada...
Согдиана - Неделимы (Vi... Согдиана - Неделимы (Vi...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Qo'rqmas - soundtreck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Ayol Qalbi - True Love
. Soundtreck-Великолепный Век
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Raqqosaning taqdiri

Laylo oyisining tizzasiga o‘tirgancha uning qo‘l harakatlarini kuzatardi. Ikki qo‘lini xuddi ilondek to‘lg‘atishni biladigan oyisi ba’zan dadasi yo‘g‘ida unga raqs tushib berardi. Laylo birinchi sinfdanoq chiroyli raqs tushishi bilan o‘qituvchilarning e’tiboriga tushdi. Lekin dadasining yonida raqs so‘zini ham ilga olib bo‘lmasdi. Dadasi qo‘shni hovlida bo‘lgan qiz bazmida oyisining dugonalari bilan raqs tushayotganini o‘g‘rincha ko‘rib qolib sevib qolgan. Lekin oyisining aytishicha turmushga chiqqandan keyin biror marta ham raqsga tushmabdi. Laylo to‘qqiz yoshga kirganida oyisi to‘satdan vafot etdi. Dadasi to‘rt farzand bilan qolaverdi. Ma’rakalar o‘tib, odamlarning kelib ketishi kamaygach, huvillagan hovlida o‘yga botib o‘tirgan dadasi uydan musiqa tovushi kelayotganini ko‘rib hayron bo‘ldi. Shoshib uy eshigidan mo‘ralasa, allaqanday mahzun musiqaga Laylo berilib raqsga tushardi… U butun olamni unutgandek, yig‘lagancha shunaqa chiroyli haraktlanardiki dadasi beixtiyor mahliyo bo‘lib qoldi. O‘ynab-o‘ynab charchadimi bir mahal shilq etib yiqildi. Qo‘rqib ketgan dadasi yugurib borib uni ko‘tarib oldi.

— Qizim, — dedi dadasi ovozi qaltirab, uning ko‘zlarida hayrat, qandaydir g‘ayriodddiy kuchdan qo‘rquv bor edi.

Dadasini ko‘rib qo‘rqib ketgan qizaloq o‘rnidan turishga urindi:

— Dada… boshqa raqs tushmayman…

Dadasi qizining boshini bag‘riga bosdi.

Laylo yig‘lab yubordi. Og‘ir ayriliq, sog‘inch va o‘zi ham tushunib yetmagan og‘riqli hislar yuragini to‘ldirib, yig‘lab yubordi. Dadasi ham qizining boshini quchoqlagancha ovozsiz yig‘lardi.

— Raqs tushini juda yaxshi ko‘rasanmi qizim? — dedi dadasi ertalab issig‘i oshib o‘rnidan turolmay yotgan qizining peshanasini silab.

Qizaloq bosh silkidiyu, lekin dadasi raqsga qarshiligini eslab ko‘zini olib qochdi…

Ko‘p o‘tmay dadasi Layloning hujjatlarini raqs maktabiga o‘tqazdi. Uning ijodiy imtihondagi raqsini o‘qituvchilar yuqori baholashdi va anchadan buyon bunaqa iqtidorli o‘quvchi bo‘lmagan deb tahsin o‘qishdi.

Uyidan uzoqda yashash azobini aytmasa Laylo o‘qishga berilib ketdi. U ustozlarning har bir sabog‘ini jon qulog‘i bilan eshitar, har bir mashg‘ulotda holdan toyguncha mashq qilsa ham nolimasdi. Sinfdoshlari orasida mashhur raqqosalarning qizlari ham tahsil olardi. Yakkaxon raqslar asosan ularga berilardi, Laylo esa ommaviy sahnalardagina ishtirok etardi. Lekin uning hatti-haraktlarida, ko‘zlari va imo-ishorasida nimadir bor ediki, ommaviy sahnalarda ham u ajralib turardi. Raqs maktabida dars beradigan Maryam opaning qizi Nigora bilan Laylo tezda til topishib ketdi. U do‘mboqligi sabab ko‘p qiynalar, onasi uni ozish uchun doim parhezda saqlar, tezroq ozishi uchun esa bug‘da tinimsiz mashq qildirardi. Maktabdagilar Nigoraning raqsga umuman iqtidori yo‘qligini bilishar, lekin onasining yuzidan o‘tib indashmasdi. Maryam opa raqs maktabida tanasining egiluvchanligi, tirishqoqligi, musiqani anglashda tug‘ma iste’dodi bo‘lgani sabab tezda tilga tushgan Layloni yoqtirmasdi. Lekin aksiga olib qizaloqlar bir-biridan umuman ajralishmasdi.

Bir kuni maktabga tashrif buyurgan mehmonlar qarshisida yuqori sinflar qatori Layloning tengdoshlari ham raqs namoyish etadigan bo‘lishdi. Musiqaga mos chir aylanyotgan Nigora bir mahal boshi aylanib qalqib ketdi. Sahna burchagidan nazoat qilib turgan ustozimiz «oh» deb yuborishdi. Zalda o‘tirganlardan kimdir sezdi, kimdir sezmay qoldi. Nigora darrov o‘zini qo‘lga oldiyu lekin boshi hamon aylanayotgani uchun rangi oppoq edi, agar yana aylansa yiqilib tushishi aniq edi. Kutilmaganda orqada ommaviy raqsga tushayotgan Laylo yugurib o‘rtaga chiqdi va raqsni kelgan joyidan davom ettira boshladi. Nigora unga minnatdor qarab quydida uning o‘rniga borib turdi… Ustozlardan boshqa hamma raqqosalarning almashinishini raqsning bir qismi deb hisoblashdi. O‘sha kuni Laylo mehmonlar oldida maktabning obro‘sini saqlab qoldi. Mehmonlarni kuzatgan direktor darrov qizlarningg sinfiga kirdi.

— Qani u zehnli qiz? — so‘radi u Layloni ko‘rishga oshiqib. O‘sha kuni yosh raqqosaning zehniga butun maktab qoyil qoldi

Nigora ham o‘rtog‘iga rahmat aytdiyu yig‘lab yubordi.

— Oyim, meni o‘ldiradi, — dedi u ko‘z yoshlarini artib. Nigora unga achindi, chunki bir necha marta Maryam opa qizini jazolaganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rgandi.

— Raqqosa bo‘lishing shartmi? — so‘radi Laylo qiynalayotgan dugonasidan.

— Bo‘lmasa kim bo‘laman? — dedi u hayratlanib.

— Bilmadim…

— Oyim, eng zo‘r raqqosa bo‘lishing kerak deydilar. O‘zimga qolsa do‘xtir bo‘lardim… Dadam do‘xtir bo‘lgan ekanlar, — dedi Nigora xo‘rsinib Laylo dugonasining dadasi bilan yashamasligini bilgani uchun unga achindi.

O‘sha tomoshadan keyin Nigoraning tobi qochib bir hafta o‘qishga kelmadi.Maryam opa esa Layloni battar yomon ko‘rib qoldi…

Laylo bitiruvchi sinfga o‘tganida, maktabda tanlov asosida «Shabnam» guruhi tuzildi va guruhga rahbarlik Maryam opaning zimmasiga tushdi. Aslida Maryam opa Layloni guruhga qo‘shishni istamasdiyu, lekin direktorning shaxsan o‘zi nega Laylo ro‘yxatda yo‘q, degandan keyin qo‘shishga majbur bo‘lgandi.

Konsertlardan biriga ikki kun qolgani sabab repitisiya qizg‘in. «Lazgi» ijro etishi kerak bo‘lgan Laylo ham o‘qish, ham tayyorgarlik sabab qattiq charchatganini bila turib Maryam opa repitisiyani to‘xtatay demasdi. Holdan ketgani sabab biroz tin olish uchun o‘tirgan qizni yana bir marta repitisiya qilishga majburladi. Jahl ustida shiddat bilan raqs tushayotgan Laylo qanday qilib sahnadan uchib ketganini bilmay qoldi. Hamma og‘riqdan dod solgan qiz tomonga yugurdi. Maktab shifokori uning oyog‘ini ko‘rayotganda Layloning ko‘zi Maryam opaga tushdi. Uning ko‘zlari qasos sururidan chaqnab turardi. U Layloni konsertdan chetlatganidan mamnun edi. Laylo tizzasidan jarohat olgan bo‘lib endi anchagacha davolanishiga to‘g‘ri kelardi. Konsertdan so‘ng Nigora Layloni ko‘rgani kasalxonaga keldi. «Aslida sen qatnashishing kerak edi» dedi u g‘amgin.

— Endi sira raqs tusha olmasam kerak , bitiruv imtihonlariga qatnasha olmasam maktabdan haydalaman… Shifokorlar raqqosalar va sportchilarda «chopqir tizzasi» degan kasallik bor, shu sabab sizlar tizzani ehtiyot qilishlaring kerak dedi. Men esa aksiga olib tizzamni sindirib o‘tiribman. Butunlay tuzalib ketishim uchun ancha kutishimga to‘g‘ri kelarkan. Agar oxirigacha davolanmay sahnaga qaytsam, uzoqqa bormas ekanman, — dedi yig‘lamsirab.

— Sen hali uzoq raqs tushasan, — dedi dugonasi ham ko‘z yoshlarini artib.

Layloga og‘ir o‘ylar tinchlik bermas, u «raqs tushmasam nima qilaman. Dadamga eng zo‘r raqqosa bo‘laman deb va’da berganman. Onamning orzulari-chi? Men o‘zim uchun emas onam uchun ham raqs tushishim kerak. Odamlar nima deydi? Dadam sho‘rlik men uchun ozmuncha gapga chidadimi? Odamlar xotini o‘lgach, qizini internatga topshirdi, otarchi bo‘lish uchun ham o‘kish kerak ekan-da, degan gaplarni ham aytishdi. Endi qaysi yuz bilan qaytib boraman. Boshqa ishning boshini tutishim ham mumkin, lekin qonimda qaynayotgan raqsni qaerga yo‘naltiraman?» degan savollarga javob topolmay qiynalardi.

Ertasi kuni ertalabdan yana Nigora keldi.

— Senga aytadigan gapim bor, — dedi u. Yig‘laganidan ko‘zlari qizarib ketgandi.

— Tinchlikmi? — dedi Laylo xavotirlanib.

— Men… maktabdan ketyapman.

— Nima? Oying-chi… — Laylo hamma narsani kutsa ham bu gapni kutmagandi.

— Oyim bilan kecha ochiqchasiga gaplashdim. Bilasan, men raqqosa bo‘lishni sira istamayman. Shuncha yildan buyon oyim majburlab shu maktabda ushlab turdi. Lekin nima qilay, raqs tushishni xohlamayman! Men raqs tushish uchun tuglmaganman! Men shifokor bo‘lishni, bemorlarni davolashni istayman… Oyim o‘zi yaxshi rakqosa bo‘lolmagani uchun meni raqqosa qilmoqchi… Seni esa yaxshi raqqosa bo‘lganing uchun ham yomon ko‘radi. Kecha yoningga kelganimni aytgandim, janjal qildilar…

— Oying bilan bekor tortishibsan…

— Qachongacha o‘zim istamagan narsa bilan shug‘ullanishga majbur qilishadi? Men boshqa maktabga o‘tdim.

— Hazillashyapsanmi?

— Rost. Dadam bilan ham gaplashdim, maktabni tugatib, tibbiyot institutiga topshiraman…

— Nahotki, raqsdan voz kechsang?

— Jon deb kechaman. O‘zing qachon chiqasan? Bitiruv oqshomida eng original raqs ijro etgan o‘quvchiga Xalqaro fond katta mukofot qo‘ygan. Tanlovda qatnashishingni istayman.

— Buning iloji yo‘q, — ko‘zi yoshga to‘ldi Layloning.

— Iloji bor! Men dadam bilan gaplashib qo‘ydim. Seni o‘zlari davolaydilar…

Bir oy kasalxonada yotib chiqqan Layloni dadasi toza havoda biroz yursin deb qishloqqa olib ketdi. U uyda ham Nigoraning dadasi yozib bergan muolajalar va mashqlarni muntazam bajarib turdi. Lekin undan yashirincha tanlovga ham tayyorlanardi. U har kuni onasi sevgan musiqa ostida raqs tushar, tanlovda albatta g‘olib bo‘lishni, onasi o‘ylab topgan raqsni sahnadan turib ijro etishni istardi.

MAktabda esa raqqosa uchun oyog‘i shikastlanishi bu tamom degani, deb ko‘pchilik undan umidini uzdi. Maryam opaning shaxsan o‘zi direktorga kirib «endi bu qizdan naf yo‘q, jamoadan o‘chiraman, kecha qizim borib kelgan ekan, endi san’atga qayta olmas ekan», dedi. Laylodan umidi katta bo‘lgan direktor afsus bilan ruxsat beribdi. Qizining maktabdan ketgani alamiga chiday olmagan Maryam opa hammani Laylo endi raqsga qaytmaydi deb ishontirdi. Bitiruv oqshomi kunini Nigoradan bilgan Laylo tanlov boshlanishidan biroz oldin dadasi bilan maktabga kirib bordi. Layloni o‘rtoqlari quvonib kutib olishdi. Raqsga tusha olmasligidan afsuslanishdi. Faqat Maryam opaning turqi o‘zgardi. U yugurib-elib urib tayyorgarlik ko‘rar, raqs maktabi bitiruvchilarini ko‘rgani kelgan xorijiy tashkilotlar vakillari yonida o‘zini ko‘rsatish uchun jon-jahdi bilan harakat qilardi. Tadbir ko‘ngildagidek kechayotgan bir paytda boshlovchi «Endi sahnaga umidli raqqosalarimizdan Laylo Safarovani taklif etamiz» deganda hamma bir zum jim bo‘lib qoldi. O‘qituvchilar tushunmay ko‘z urishtirib olishdi. Maryam opa keskin zalga o‘girilib Layloni qidira boshladi Lekin Laylo milliy kiyimda malikalardek sahnaga chiqib keldi. Uning mahzun raqsiga butun zal sel bo‘ldi. Raqs tugagach, hamma o‘rnidan turib qarsak chalib yubordi. Birozdan keyin Laylo musiqachilarga nimadir deb shivirladi. Zalni irland musqasi tutib, Laylo bir maromda chechyotkaga raqs tusha boshladi. Milliy kiyimda chechyotkani qoyil qilib qarsillatayotgan qizga mehmonlar anqayib qolishdi… Raqs tugagandan keyin anchagacha qarsaklar eshitilib turdi. Parda ortiga o‘tishga zo‘rg‘a ulgurgan Laylo Nigoraning qo‘liga holsiz yiqildi..

— Eplay oldim… — derdi u nuqul.

Tanlovda so‘zsiz Laylo g‘olib deb topildi. U fond tomonidan ajratilgan pulning bir qismiga yosh bolalar uchun raqs maktabi ochishga sarfladi. Bir qismini dadasining nomiga o‘tqazdi Yana bir qismini esa kredit uyushmasiga qo‘ydi va buning o‘z joyi bor dedi hayratlangan dugonasiga.

O‘sha yili Nigora o‘zi xohlagandek tibbiyot institutiga hujjat topshirdi va shartnoma saosida o‘qishga kirdi.

Nigoraning shartnoma asosida o‘qisam, uydagilar qiynalib qolishadi» degan xayola yurganini bilgan Laylo bir kuni unga bir parcha qog‘oz uzatdi.

— Bu nima? — dedi tushunmay Nigora.

— Bu sening haqqing. Esingdami pulning bir qismini kredit uyushmasiga qo‘yib, buning o‘z egasi bor degandim…

Nigoraning qo‘lidagi qog‘ozda bir yillik shartnomaning cheki turardi.

Dilfuza SOBIROVA




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @tarona_tv manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 3880 | Комментарии: 1 | Голосов:: 0| Теги:: Taqdir, Raqqosa
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
shakhrizada пишет: | 13.10.2017 | 14:55 #1 Спам
shakhrizada Zerikib ketdim
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Bahrom Nazarov - Xato Qildim  
. Bojalar - Nargiz  
. Umar Shamsiyev - Nadur Bu Dunyo  
. Ali Otajonov - Oqibat  
. Ilhom Farmonov - Onajonginam  
. Jamshid Abduazimov - Do'st  
. Qilichbek Madaliyev - Yaxshilik  
. Abduvali Rajabov - Arazlamang  
. VIA Marokand - Million  
. Asilbek Amanulloh - Ketsang Ketaver  
. Shoxruz (Abadiya) - Indama  
. Ilhom Farmonov - Unutmayman  
. Lola - Ketaver  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Ты Рядом  
. Ozoda Nursaidova - Holos  
. Bahriddin Zuhriddinov - Nigora  
. Sardor Rahimxon ft. Shohzamon - Narxi Qancha Mehrni Ayting  
. Bayon Guruhi - Vada Bergan Sen  
. Bojalar - Sevma  
. Ulug'bek Rahmatullaev - Yonimda  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola