Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOK HABARLAR

Raqslari shov-shuvga sabab bo‘lgan Jamila G‘ofurova va Oydin Yusupovaning gap-so‘zlarga javobi

Yaqinda aktrisalar Jamila G‘ofurova hamda Oydin Yusupova bir sayt loyihasi uchun xorijlik xonandalar Shakira va Beyonsening “Beautiful Liar” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klipga taqlid qilgan holda suratga tushishgani haqida xabar bergandik.
Aktrisalar xorijlik xonandalarning klipdagi harakatlarini qo‘llagan holda raqs tushib, fonogrammaga mos tarzda lab qimirlatib turishgan. Hech kimga sir emas, xorij san’atkorlarining kiyinish madaniyati, klipdagi harakatlari o‘zbek madaniyatiga to‘g‘ri kelmaydi. Shu ma’noda ko‘pchilik muxlislar o‘zbek aktrisalarining bu harakatini oqlamagan bo‘lsa, aksariyat muxlislar “aktrisa-ku, taqlidchilik mahoratini sinab ko‘rishning nimasi yomon?” degandek fikrlar bildirishgan. Biz esa aktrisalarning o‘zi bilan bog‘lanishga qaror qildik.
— Shakira va Beyonsening klipiga taqlid qilish taklifiga rozi bo‘lishingizga nima sabab bo‘ldi?
Jamila G‘ofurova, aktrisa: — Ijodkor sifatida o‘zimga bo‘lgan ishonchni tekshirish. Bu loyihada boshqa san’atkorlar ham ishtirok etishgan.
— Lekin aynan Oydin Yusupova ikkingizning ishtirokingizdagi “klip” muhokamalarga sabab bo‘ldi!
J.G‘.: — To‘g‘ri. Ochig‘i, bunday shov-shuvlarga sabab bo‘ladi, deb o‘ylamagandim. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarni ko‘rib, avvaliga gap nima haq­da­ligini tushunolmadim. Hatto bu loyihada ishtirok etganimiz yodimdan ham ko‘tarilgan ekan. Mazkur loyihadan asosiy maqsad bir kelin-ko‘ylaklar salonidagi liboslarni reklama qilish bo‘lgan.
— Ko‘ylak juda ochiq emasmidi?
J.G‘.: — Yo‘q, ko‘ylakda tana rangidagi mato ishlatilgani uchun ochiqdek tuyulgan bo‘lishi mumkin. Libos qomatga mos tikilgani bois ko‘zga yaqqol tashlangan, xolos. Klipda kiyimsiz chiqqanim yo‘q-ku. Ayollar shu ko‘ylakni to‘y-hashamga kiyib borishsa, shov-shuv bo‘lmaydi-ku?!
— To‘yda ular bunday ehtirosli harakatlar qilmaydi-da! Xorij xonandalarining harakatlarini bajarish o‘zingizga erish tuyulmadimi?
J.G‘.: — Men aktrisaman, yuklatilgan vazifani a’lo darajada bajarib berish bu — kasbim taqozosi. Qolaversa, ehtiros­imni ko‘rsata oladigan aktrisaman. Muxlislarim nega hayratlanishdi hayronman. Axir raqs tushgan holatimdagi filmlarim talay­gina-ku?! Ma’suma ayol rollarini o‘ynab, birdaniga bunday qiyofada chiqayotganim yo‘q. Aktrisa sifatida taqlidchilik borasidagi qirralarimni ochishning yomon tarafi yo‘q. Ba’zi aktrisalar “Tomoshabin yomon ko‘rib qoladi”, deb bunday loyihalardan o‘zlarini olib qochishadi. Men esa aksincha, imkoniyatlarimni sinab ko‘rishdan cho‘chimayman. Qisqasi, klipda me’yor chegarasidan chetga chiqmaganman.
Bir holatga tushunmayman: ko‘pchilik tomoshabinlar “O‘zbek filmlari, klip­larini ko‘rmayman, ensam qotadi, vaqtim zoe ketadi”, deydi. Xorijlik klip­larni o‘z talqinimizda ishlasak, o‘zbek mentaliteti yodiga tushib qoladi. Shunday tomoshabinga “Avval o‘zimizning ijod mahsulotlarini ko‘ring!” degim keladi. Bunday tomoshabin har bir ishdan kamchilik topishga o‘rganib qolgan.
Aktrisa Oydin Yusupovadan ham fikr so‘ramoqchi edik, lekin u qo‘ng‘iroqlarimizga javob bermadi. Lekin instagram tarmog‘iga loyihadan qo‘yilgan rasm ostida qizigan bahsda aktrisa muxlislariga javob qaytardi.

Nima ham derdik, “Kimgadir yoqar lola, kimdir atirgul shaydosi”. Hammaning o‘z haqiqati bor. Biz masalaga oydinlik kiritib, aktrisalarning fikri bilan qiziqdik. Xulosa esa sizdan...
Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi.


Категория: SHOK HABARLAR
Просмотров: 22107 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Oydin Yusupova, Jamila G‘ofurova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
ranowka666 Astafirillox. Silani bunchalikka boradi db oylamodim. Aktrisaman xamma narsa mumkun dganimas bu. Muslisla borki sila borsila agar ulani yoqatsela xich kim bomi qolasla. Ozbeligimizi unitib qoymela. Ozi yarim yalongoch kalta kulta kiyadigan qizla kochada kopayib ketvotti. Bilmadim bizaga nma bovotti. Yevropadan orne ovommiza wakl. Kozilani ochila oxiratti oylela :'(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное