Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Qirolicha - Soundterck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Pazanda - The Sound of Love
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Rasmiy bildirish: “Daydi” filmining ijodkorlari Morgan Frimanning qiyofasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi (FOTO)



 8 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda milliy kinematografiya sohasida tarqatilayotgan axborotlar “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan monitoring qilinganda “TIMUR FILM” MChJ tomonidan suratga olingan “Daydi” nomli badiiy filmni jamoatchilik orasida targ`ibot qilishda bir qator qonunbuzilishi holatlariga yo`l qo`yilganligi aniqlandi. 

Jumladan, mazkur filmning treyleri, bannerlari va chiptalari chiqarilib, ularda mashhur kinoaktyor Morgan Frimanning Buyuk Britaniya va Janubiy Koreyalik kinoijodkorlar tomonidan 2014 yilda ishlab chiqarilgan "Last Knights" (“So`nggi risarlar”) filmida suratga tushgan qiyofasi aks ettirilgan. Ammo, aktyorning qiyofasi filmning agentlikka taqdim etilgan nusxasida bo`lmagan.

Biroq, “TIMUR FILM” MChJ tomoshabinlarning filmga nisbatan talabini kuchaytirishga erishish maqsadida mashhur kino yulduzini filmda suratga tushganligini bildiruvchi yolg`on (chalg`ituvchi) ma`lumotlar tarqatib, iste`molchilarning (tomoshabinlar) huquqlarini paymol qilgan.



Bu holat filmga nisbatan yuqori qiziqishni o`yg`otib, uni tomosha qilishga bo`lgan talabning sun`iy ravishda oshishiga sabab bo`lmoqda.

O`zbekiston Respublikasining “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonuni 6-moddasi talabiga ko`ra ishlab chiqaruvchi iste`molchiga o`zi realizasiya qilayotgan tovarlar haqida o`z vaqtida zarur, to`g`ri va tushunarli ma`lumot berishi shart. Qonunning 23-moddasida davlat iste`molchilarning tovar sotib olishi va undan foydalanish chog`idagi huquqlari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishi belgilangan.

Shuningdek, “TIMUR FILM” MChJ studiyasi “Daydi” filmida bir qator xorijiy filmlardagi kadrlardan foydalanib, O`zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonuni 19-moddasi talabini ham buzgan. Vaholanki, Qonunning ushbu moddasiga ko`ra, yuridik va jismoniy shaxslar muayyan asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkinligi belgilangan.

Shulardan kelib chiqib, ushbu holatlar bo`yicha Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasiga hamda Intellektual mulk agentligiga rasmiy taqdimnoma kiritildi.

Qayd etilgan masalalar mazkur davlat idoralari tomonidan ko`rib chiqilguniga qadar “Daydi” filmini kinoteatrlarda taqdimotini o`tkazish va keng namoyish qilishni to`xtatib turish ko`rsatmasi berildi.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3822 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ozbekkino Milliy agentligi, Daydi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное