Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)

Rayhon barchani parvozga chorlaydi!

Estradamizda bir necha yillardan buyon samarali ijod qilib, minglab muxlislarning qalbidan chuqur joy olgan latofatli xonanda Rayhon tomonidan taqdim etilayotgan yangi taronani qarshi oling!
Yaqindagina muxlislari uchun uzoq kutilgan sog‘inchli yakkaxon konsert dasturini namoyish etgan Rayhon aslo ijod qilishdan to‘xtagani yo‘q. So‘nggi vaqtlarda asosan ma’yus va sokin ohangdagi qo‘shiqlar yaratayotgan xonandaning bugun taqdim etayotgan taronasi o‘zgacha yo‘nalishda yozilgan...
"Parvoz etay" nomli qo‘shiq ilk bora "O‘zbegim Taronasi" radiosi orqali jarang sochib, katta olqishlarga erishdi. Mahoratli ijodkorlar Sarvar va Komil bilan hamkorlikda yaratilgan qo‘shiq noodatiy musiqiy ohanglari ila tinglovchilarning a’lo bahosiga sazovor bo‘ldi. 
Muxlislar uchun uzoq kutilgan tarona sizning ham musiqiy to‘plamingizdan joy olsa, ajab emas. Yaqinda xabar berganimizdek, ayni vaqtda Rayhon Lola bilan birga kuylagan "Ko‘nikmadim" dueti uchun videoklip ustida ish olib bormoqda. Tez kunda ko‘plab muxlislar uchun kutilmagan tuhfa sifatida taqdim etiladigan bu video premerasini saytimiz orqali qarshi olasiz. 
Ayni vatda esa bugun premera qilingan "Parvoz etay" nomli taronani saytimiz orqali tinglab, Rayhon dunyosiga sayohat qiling! 
Категория: MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)
Просмотров: 3914 | Рейтинг: 1| Рейтинг: mp3, Parvoz etay, Parvoz, Rayhon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное