Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rayhon: “Bunyodkor” stadionida konsert qo‘ygan bo‘lardim, lekin bunga ruxsat berishmasa kerak



Xonanda Rayhon Toshkentdagi 35 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Bunyodkor” stadionida konsert berish rejasi avvaldan bor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u “Sayyod.com”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Sayyod.com” sayti muallifi “Istiqlol” san’at saroyida bir necha kun konsert bergandan ko‘ra, “Bunyodkor” stadionida, 30 ming muxlis qarshisida bir kun konsert bergan ma’qul emasmi, degan savol bilan Rayhonga murojaat qilgan.
 
Biz bu haqda o‘ylaganmiz. Lekin keyin bunga ruxsat berishmasa kerak, degan fikrga keldik. Birinchidan, odam juda ko‘p bo‘ladi. Ikkinchidan, stadiondagi barcha maysali joyni maxsus qoplama bilan yopib chiqish kerak.
 
Rayhon, O‘zbekisonda xizmat ko‘rsatgan artist
 
Xonanda bir kun kelib O‘zbekistondagi eng katta stadionda konsert berishdan umidvor ekanligini qayd etib o‘tdi.
 
“Bunyodkor” stadionida konsert berishni juda xohlagan bo‘lardim. U yerda qanday chiqish qilishimni hozirdanoq tasavvur qilyapman.
 
Rayhon, O‘zbekisonda xizmat ko‘rsatgan artist
 
Ma’lumot uchun, xonanda Rayhonning 2017-yilgi konserti 20—24-fevral kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq xonanda o‘z konserti uchun ba’zi shaxslar tomonidan qalbaki taklifnomalar sotuvga chiqarilgani haqida ogohlantirgan edi.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2646 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rayhon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR B) ha bunyodkorda bering Pahtakorda bering
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное