Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Merlin-Soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Ishq Jodusi - Call My Name
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rayhon Hindistonga jo‘nab ketmoqda




Ayni kunlarda xonanda Rayhonning shaxsiy hayotidagi o‘zgarishlar barcha OAVlarning diqqat markazida bo‘lib turibdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda 13 noyabr kuni turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov bilan asal oyini o‘tkazish uchun Dubayga jo‘nab ketadi.
Protoday nashri xonandaning shaxsiy hayotini chetlab o‘tib, uni bugungi ijodiy rejalari, konsertga tayyorgarlik jarayonlari bilan qiziqdi.
—Rayhon, yaqinda Hindiston safarini rejalashtirganingiz haqida eshitdik, tabiiyki muxlislaringiz ushbu safar nima munosabat bilan ekanligiga qiziqishadi?
—Albatta! Konsertga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ijodiy jamoamiz bilan yangi “Namaste” qo‘shig‘ini yaratdik. Qo‘shiq so‘zi va musiqasi Yakzonga tegishli, orajirovka Jasur Badalboyevniki. “Namaste” ijodimdagi noodatiy qo‘shiq bo‘lib, u mening bugungi ichki dunyoimni aks ettiradi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Ya’ni, “Namaste” so‘zi hindchadan tarjima qilganda “Salom”, ya’ni “Salom muhabbat” degan ma’noni anglatadi. Ushbu qo‘shiq orqali muxlislarimga o‘zimning sevgimni yetkazmoqchiman. Bilasizmi, qo‘shiq nomining o‘zi uni Hindistonda suratga olish kerak degan g‘oyaning tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. Mening fikrimcha, o‘zbek va hind millati bir-biriga juda o‘xshash va yaqin. Hind kinolarini, kuy-qo‘shiqlhlarini sevmaydigan o‘zbekning o‘zi bulmasa kerak. Bizga bu mamlakat ruhan yaqin va shu sababli biz ana shu muhabbatni yanada mustahkamlash maqsadida Hindistonga sayohatga otlandik. Maqsad nafaqat klip, balki ushbu klip orqali u yerning madaniyatini ko‘rsatish. Klipimiz juda ham ajoyib chiqishiga va muxlislar ko‘nglidan joy olishiga ishonchim komil.
—Bugun konsertga tayyorgarlik ko‘ryapsiz, aytingchi, bu yil muxlislarni nimalar bilan hayratda qoldirmoqchisiz, muxlislaringizga qanday sovg‘alar hozirladingiz?
—Hozir konsertga tayyorgarlik avjida ketyapti, muxlislarimga juda ko‘p noodatiy narsalarni tayyorlayapman. Bu eng birinchi navbatda muhabbat va mehr to‘la yangi va yaxshi qo‘shiqlar bo‘ladi. Ishonamanki, ular muxlislarimning yuragiga yetib boradi. Bu borada esa bizning bir necha yillik hamkorlarimiz ProArt kompaniyasiga ishonaman. Bu yilgi konsertim ham ularning ko‘magida tomoshabinlarning yodida uzoq vaqt muhrlanib qolishi uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.
—Yangi konsert dasturingizda duet kuylanadimi?
—Darvoqe, konsertning yana bir yangiligi ham aynan mana shu. Biroq duetdoshim kimligini hozircha sir tutaman. Konsertimda esa bu sirni oshkor qilishga va’da beraman.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4574 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rayhon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное