Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rayhon Ulasenova homiladorligi sabab “Oydin hayot”ning boshlovchisi o‘zgargani ma’lum qilindi

Avvalroq, aktrisa va teleboshlovchi Rayhon Ulasenova uchinchi bor ona bo‘lish arafasida turgani haqida xabar bergan edik. Aktrisa “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uztiladigan “Oydin hayot” tok-shousini olib borishi ko‘pchilikka ma’lum. Ma’lumotlarga qaraganda, Ulasenova tug‘ruq ta’tiliga chiqqan. Ko‘rsatuvni o‘tgan hafta aktyor Rixsitilla Abdullaev bilan birgalikda jurnalist Nilufar Umrzoqova olib borgan edi. Endi esa uning o‘rnini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shodiya To‘xtayeva egalladi. Bu haqda aktyor Rixsitilla Abdullaev o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
 “Rayhon Ulasenova yaqinda ona bo‘lish arafasida. Ijodkorlar esa vaqtincha Rayhonning o‘rniga boshlovchilar va aktrisalarni taklif etishyapti. Bugun esa ko‘rsatuv mehmoni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shodiya To‘xtayeva – Abduqodirova”, deb yozadi Abdullaev.
 
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Abdullaev va To‘xtayevaning suratlari tagiga ijodkorlar Ulasenovaning o‘rniga yangi boshlovchi tanlashda adashmaganini, Shodiyaning dunyoqarashi boshqa tengqurlarinikiga qaraganda ancha yuqori ekanini yozib qoldirishmoqda. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7002 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rayhon Ulasenova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное