Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rayhonning muammolari Asalxo‘jayevalarni ham chetlab o‘tmadi

Mavluda va Guli Asalxo‘jayevaning konsertiga deyarli 20 kun vaqt qolgan bo‘lsa-da reklama bannerlariga hali ham ruxsat berilmadi.
Saytimiz orqali O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva singlisi Guli Asalxo‘jayeva bilan birgalikda 19-20-21 fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etishi haqida xabar bergan edik.

Fevral, mart hatto aprel oyida bo‘ladigan konsertlarning reklama bannerlari allaqachon shahar ko‘chalariga joylashtirilgan. Biroq Mavluda va Guli Asalxo‘jayevalarning reklama bannerlaridan darak yo‘q. Biroz avval O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevning konserti uchun tayyorlangan reklamalar bo‘yicha qator muammolar kelib chiqqan edi. Balki bu muammolar Asalxo‘jayevalarni ham chetlab o‘tmagandir, deb ular bilan bog‘landik.

“Konsert bekor qilindimi, degan gap-so‘zlarga hojat yo‘q. Shunchaki, 8 yildan buyon konsert bermayotganimiz uchun tayyorgarlik ishlari ancha oldin boshlanishi kerakligini biroz unutib, kechroq harakatni boshlabmiz. Qo‘shiqlar, konsertdagi chiqishlar allaqachon taxt, biroq reklama bannerlarini mutassaddi idoralarga juda kech topshirganimiz uchun ularning javoblarini kutyapmiz”, – deydi katta Asalxo‘jayeva. Ayni damda “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura bilan “MY5” telekanali uchun suratga olinayotgan “Qaynona va kelin” sitkomida suratga tushayotgan Mavluda Asalxo‘jayeva Manzura bilan uchinchi duet ustida ish boshlaganini ham ma’lum qildi. Sitkom fevral oyidan boshlab efir yuzini ko‘radi. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7031 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rayhon, Mavluda va Guli Asalxo‘jayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное