Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Rejissyor Jahongir Ahmedov o‘zbek kinosi hech qachon Gollivud filmlaridek bo‘lmasligini aytdi

So‘ngi yillarda o‘zbek kinosida qancha o‘sish bo‘lmasin, uni qoralaydiganlar, rivojlanishlardan bexabar bo‘la turib, ko‘r-ko‘rona fikr yuritayotganlar hamon uchrab turgani, kishinig g‘ashini keltiradi. To‘g‘ri, sayoz, bir ko‘rishga ham arzimaydigan filmlar ham talaygina. Biroq tanlov hamisha tomoshabinning o‘zi qo‘lida bo‘lib kelgan.
 
Ko‘pincha tomoshabinlarning “Bizning filmlar qachon Gollivud filmlari darjasiga chiqar ekan?”, degan savollariga duch kelamiz. Bunday murojaatlar rejissyor Jahongir Ahmedovni ham bezovta qilgan ko‘rinadi. Rejissyor ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali o‘zbek kinosi hech qachon Gollivudniki kabi bo‘lmasligini aytdi.
 
“Xayolim parishon yuradigan odatim borligi tufayli,  mashina hayday olmayman. Men uchun eng qulayi – taksida yurish. Faqat xaydovchi tanib qolsa, asablar taranglashishi aniq. “Sizni qaerdadir ko‘rganman-da”, deb gap boshlaydi, tanib turgan bo‘lsa ham. Bir amallab eslagan bo‘ladida, uzr ham so‘raydi. — Uzr,  men o‘zbek kinolarini ko‘rmayman-da!
 
O‘zi kinolarimizning ashaddiy muxlislari ham rejisyorni tanishmaydi. Qiziq, o‘zbek kinolarini ko‘rmaydigan bu taksi xaydovchisi rejisyorni tanir ekan!  Manzilga etib borguncha tinmay kinolar xaqida, har bir sahnasiyu, qahramonlarning gap-so‘zlarigacha yoddan gapirib ketdi. Bu taksi xaydovchisi o‘zbek kinolarini shunchalik ko‘p bilarkanki, hatto, men ham u aytgan kinolarning yarmidan ko‘pini ko‘rmaganman.
 
Qaysidir aktyorning ismini eslolmaganday meni savolga tutdi. — Haligi gapirtiradigan choy bor-ku,  o‘shanda o‘ynagan... — Matyoqub Matchonov, - dedim kimni so‘rayotganini tushunib.  — Ha, o‘sha!  Uzr endi,  men o‘zbek kinolarini ko‘rmayman-da, deb qo‘shimcha qildi.  Kulgidan arang o‘zimni ushladim. — Xaqiqatan ham umuman ko‘rmaganakansiz, dedim.  — Aytingchi,  o‘zbek kinosi qachon Gollivud filmlaridek bo‘ladi, dedi haydovchi azbaroyi qizishib.  — Hech qachon, dedim men ham keskin ohangda. Zo‘ravonlikni, o‘g‘rilikni, qurol ishlatishni o‘rgatmaydi o‘zbek kinosi!  Bizning filmlardagi bosh qahramonlar xech qachon bankni yoki muzeyni o‘marishmaydi, soniyasiga minglab odamlarni otib-portlatib yuborishmaydi ham!  Bizning filmlarimiz, ha o‘sha saviyasi pastlari ham, ezgulikka chorlaydi. To‘g‘ri,  biz Gollivuddan texnika tomondan 50 yil orqadadirmiz, lekin  ular ma’naviy tomondan bizning filmlarimizdan 200 yil orqada!
 
Endi to‘xtating mashinani, men shu yerda tushaman, dedim asabiylashib. Mashina to‘xtadi. Pul berib mashinadan tusharkanman, oxirgi gapimni ham aytdim. — Siz o‘zbek kinolarini ko‘rmasangiz ham, men o‘zbek taksilarida yuraman, deb yozadi Jahongir Ahmedov instagramdagi shaxsiy sahifasiga.
 
Yuqoridagi suhbatdan voqif bo‘lgan taksi haydovchilari endi rejissyor Jahongir Ahmedovga o‘zbek kinolari haqida o‘ylab  savol berishsa, ajab emas.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3643 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Jahongir Ahmedov, rejissyor, O‘zbek kino
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное