Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Rektor: "Oliy ta’limda nafaqat korrupsiyaga yo‘l qo‘yildi, balki korrupsiya o‘rgatildi"


Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov «Xalqaro press-klub»da oliy ta’lim tizimidagi korrupsiya haqida fikr bildirib o‘tdi.

— Men to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirdan foydalanib bir sababni aytib olmoqchiman. Biz o‘tgan 100 yil davomida ta’limdan ham, oliy ta’limdan ham islomni sug‘urib oldik. Islom ma’naviyatini, halol va haromning farqini, to‘g‘ri yashashni sug‘urib oldik. O‘tgan vaqt davomida farzandlarimizga Gyoteni o‘rgatdik, lekin janob payg‘ambarimizning hadislarini keltirishga cho‘chidik.

Mana kecha Kun.uz'ni o‘qigan bo‘lsangiz, korrupsiyaga qarshi idoralararo respublika komissiyasi raisi bir hadisdan iqtibos keltirdi, ya’ni pora bergan ham, olgan ham bir xil jazoga mubtalo, degan.

Biz o‘rganmadik. Biz islom ma’rifatini faqat imom gapirsin, dedik. Dunyoviy bilim olgan odam bu haqda gapirsa, unga boshqacha qaradik. Oqibati nima bo‘ldi? Mana hozir korrupsiya haqida gapiradigan bo‘lsak, oliy ta’lim sohasida nafaqat korrupsiyaga yo‘l qo‘yildi, balki kelajak avlodga korrupsiya o‘rgatildi.

Mana hozir bizga chiroyli binolar ko‘rsatildi. Men kechirim so‘rayman, ammo ajdodlarimiz madrasalarda, yarmigacha tuz chiqib yotgan joylarda ilm o‘rganishgan, 9 yoshgacha Qur’onni yod olishgan.

Tashqi ko‘rinishni to‘g‘rilab qo‘yish oson. Agar chiroyli binolar bilan allomalar chiqqanda, bilasizmi hozir qancha buxoriylar va termiziylar yetishib chiqqan bo‘lardi? Ammo gap ta’limning sifatida. Adolatsizlikda!

Talaba o‘qishga keladi va birinchi semestr davomida zavq-shavq bilan o‘qiydi. Kayfiyat zo‘r! Ammo adolatsizlikni ko‘radi-da, keyin 7 semestr o‘qimaydi! Nimaga? Nima uchun adolatsizlik? Tanish-bilish, ta’magirlik!

Ikki yildan buyon muammolar 80 foizga kamaydi. Natija katta! Yana ikki-uch yilda oliy ta’lim Yaponiya va Yevropaga tenglashib qoladi. Hozir kamchiliklarni o‘zimiz e’tirof etyapmiz, ammo yutuqlar ham ko‘p.

Oliy ta’limda rahbar shaffof bo‘lishi kerak. U talabaning oldida hisobdor bo‘lishi kerak.

O‘qituvchiga bahoni talaba berishi lozim. Butun dunyoda shunaqa. O‘qituvchi talabani qanoatlantira olmadimi, demak uni ishdan olish shart. Ammo bizda bitta o‘qituvchini ishdan bo‘shatib ko‘ring qani, qancha shikoyat yozar ekan. Keyin ortidan tekshiruvchilar keladi.

Oliy ta’limda hamon biqiq muhit hukmron. O‘qituvchi talaba bilan do‘st bo‘lmayapti. Ko‘pchilik dars vaqtida o‘z hayotini aytib berib o‘tirishdan nariga o‘tmayapti, — deydi Abduqodir Toshqulov.


VIDEONI KO'RISH


Manba:zamin.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2026 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yo‘l qo‘yildi, Oliy ta’lim, nafaqat, korrupsiya o‘rgatildi, rektor, korrupsiya, Balki
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное