Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

“Rishta” nomli yangi badiiy film tanqid va olqishlarga tayyormi?


2017 yil 12 oktabr, soat 18:00da Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Rishta” deb nomlangan yangi o‘zbek badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tadi.

Filmda hozirgi kun yoshlari, ularning turmush tarzi, o‘zbekona qadriyatlarning ardoqlanishi hikoya qilinadi.

Film bir necha novellalardan iborat bo‘lib, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan voqealar orqali, turli davrlararo ko‘z ilg‘amas rishtalar bilan o‘ziga xos uslubda bayon qilinadi.

“O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan ushbu filmda bosh rollarni Nigina Anorboyeva, Adiz Rajabov, Po‘lat Saidqosimov, Jamshid G‘aniev, Sharofat Husanxo‘jayeva, Jahongir Xo‘jaev va Gulruh Zokirovalar ijro etishgan.

Ssenariy muallifi — Yolqin To‘ychiev, sahnalashtiruvchi rejissyor — Mirmaqsud Oxunov.

“Rishta” nomli yangi badiiy filmda postanovkachi operator — Muzaffar Yusupov, postanovkachi rassom — Bektosh Rajabov, bastakor — Dmitriy Yanov-Yanovskiy.

Odatda, yangi filmning premerasidan so‘ng muxlislar tomonidan yangi kinokartina ham tanqid ostiga olinadi, ham olqishlanadi...

Ko‘ramiz, “Rishta” nomli yangi badiiy filmining ijodkorlari tanqid va olqishlarga tayyormikin?

Ulug‘ BEK



Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 3788 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rishta
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное