Krishtianu Ronalduda faoliyatini davom ettirish uchun 2 ta variant qoldi.
Portugaliyalik hali ham Chempionlar ligasida oʻynashni xohlaydi va uning agenti Xorxe Mendes mijoz uchun variantni koʻrib chiqmoqda.
Birinchi variant Dortmundning “Borussiya”si, deya xabar beradi As. Tomonlar oʻrtasida potensial transfer haqida aloqalar mavjud.
Ikkinchi variant esa Krishtianu faoliyatini boshlagan “Sporting”ga qaytish. Biroq bu transfer uchun Ronalduning katta maoshi masalasini hal qilish, shuningdek, klubning lissabonlik murabbiyi Ruben Amorimni koʻndirish kerak boʻladi.
Mavzuga doir: Krishtianu Ronaldu OAVni oʻzi haqida yolgʻon maʼlumot tarqatishda ayblamoqda.
Avvalroq, 37 yoshli futbolchining ketishini istamagan “Manchester Yunayted” Ronaldu uchun takliflarni koʻrib chiqishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.