Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Ronaldu o‘g‘liga tegishli bir sirni oshkor etdi


Madridning “Real” hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 7 yoshli o‘g‘li kichik Ronalduning futbolga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanligi haqida aytib o‘tdi.

“Kichik Ronaldu futbolni juda ham yaxshi ko‘radi va doim futbol bilan band bo‘ladi. Ba’zan uni tushlik qilib olishini majburlashimga to‘g‘ri keladi.

Chunki Ronaldu kunduzi va kechasi faqat futbol o‘ynash bilan mashg‘ul. O‘ylaymanki, futbolga bo‘lgan mehr uning qonida bor.

O‘g‘lim juda mehribon, diqqatli va tez do‘stlashib ketadigan bolalar turidan hisoblanadi. Har doim boshqalar bilan ochiqcha gapirishga o‘rgangan.

Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi juda yuqori. Vaholanki, kimdir u bilan bir marta gaplashsa, darrov o‘g‘limni yoqtirib qoladi.

Kichik Ronaldu bilan faxrlanadigan sabablarim ko‘p, u mening bo‘lajak davomchim”, deydi Ronaldu.

Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu Ronaldu hozirda ispaniyalik model Jorjina Rodriges bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan bo‘lib, juftlik shu oyda farzandli bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, hozirgi kunda sportchining uch nafar farzandi bor: yetti yoshli kichik Krishtianu hamda joriy yilning 8 iyun kunida dunyoga kelgan egizaklari — Metyu va Yeva. Ularning barchasini surrogat onalar dunyoga keltirgan.

Biroq Ronaldu farzandlarining onasi kimligi hali hech kimga ayon emas. Futbolchi bu haqdagi savollarni doimiy tarzda javobsiz qoldiradi. Hatto hozirga qadar noma’lum ona haqida hech qaysi manba aniq javob bera olmagan.

Shuningdek, 2015 yilning yanvarida Ronaldu besh yillik munosabatlardan keyin rossiyalik model Irina Sheyk bilan aloqalarini butkul uzib yuborgan.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 11599 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ronaldu
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное