Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Rossiya 1″ telekanalida Amir Temur haqidagi film namoyish etiladi

“Rossiya 1″ telekanali 4 mart kuni Amir Temur haqidagi hujjatli filmni namoyish qiladi.
“Tamerlan. Sahrodagi binokor” nomli bu film namoyishi telekanalda 4 mart kuni, Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da boshlanadi.
Oleg Xafizov va Roman Shmidt tomonidan ishlangan bu film treyleri telekanalning rasmiy saytiga joylashtirilgan.
Film mualliflari Amir Temurni o‘z davrining eng ulug‘ kishilaridan biri sifatida tasvirlab, u tuzgan saltanat Aleksandr Makedonskiy davlatidan uch baravar ulkan bo‘lganini qayd etishadi. Bu filmda Amir Temur Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib “aqlli armiya” tuzgan sarkarda sifatida namoyon bo‘ladi. Filmda bu sarkardaning o‘z zamonasidagi boshqa eng kuchli sarkardalar bo‘lmish Boyazid va To‘xtamishxon bilan olib borgan janglari hamda g‘alabalari tarannum etiladi.
Qayd etish joizki, bu filmninig ba’zi sahnalari Buxoro shahrida suratga olingan.
Manba:kun.uz


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6235 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rossiya 1 telekanali, Amir Temur, kino
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное