Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Titanik-soundtreck
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Choli Qushi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiya Mudofaa vazirligining bortida artistlar va telejurnalistlar bo‘lgan samolyoti quladi. 92 kishi halok bo‘ldi. Asosiy ma’lumotlar



25-dekabr tongida Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti Adler aeroportidan havoga ko‘tarilishi bilan Qora dengizga quladi. Samolyotda Suriyaning Xmeymim bazasidagi rus askarlariga Yangi yil konsertini taqdim etishi rejalashtirilgan Aleksandrov nomidagi ashula va raqs ansambli artistlari bo‘lgan. Ular bilan birga Rossiya “Birinchi kanali”, “NTV” va “Zvezda” telekanallarining tasvirga olish guruhlari parvoz qilayotgan edi. Samolyot bortida jami 92 kishi bo‘lgan, deb yozadi Meduza.

Bortida artistlar bo‘lgan Tu-154 samolyoti (bort raqami RA-85572) 25-dekabrga o‘tar kechasi Moskva vaqti bilan 1:38 da Moskva viloyatidagi Chkalovsk aeroportidan yo‘lga chiqqan edi. U yonilg‘i olish uchun Sochiga qo‘nib, Moskva vaqti bilan 5:20 da yana havoga ko‘tarilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, layner havoga ko‘tarilganidan so‘ng ikki daqiqa o‘tib radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Qutqaruvchilar qirg‘oqdan 1,5 kilometr narida, 50—70 metr chuqurlikda samolyot bo‘laklarini topdi. Ayni vaqtda, bo‘laklar juda keng maydonga sochilib ketgani aytilmoqda: “Interfaks” manbasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qirg‘oqdan 6—8 kilometr uzoqlikda moy izlari va halok bo‘lganlarning jasadlari aniqlangan, samolyot bortida bo‘lganlarning ba’zi shaxsiy buyumlari esa sohildan 14 kilometr narida ham topilgan.

Aviahalokat sabablari hozircha noma’lum. Ekipajning dispetcher bilan muloqoti e’lon qilingan, undan kelib chiqib xulosa qilinadigan bo‘lsa, Sochidan uchish oldida uchuvchilar hech qanday muammoni his qilmagan. Ayni vaqtda, “Layf” axborotiga ko‘ra, Tu-154 Sochi emas, Mozdokda yonilg‘i olishi kerak edi, biroq noqulay ob-havo sharoiti sabab boshqa aerodrom tanlangan. “Interfaks” manbalarining taxminiga ko‘ra, bortda qandaydir hal qiluvchi texnik nosozlik ro‘y bergan bo‘lishi mumkin, ayni vaqtda, uchuvchilarning o‘zi xatoga yo‘l qo‘ygan, degan ehtimol ham yo‘q emas. Mazkur maqola yozilayotgan vaqtda samolyotning “qora quti”lari hali topilmagan edi.

Samolyot bortida Aleksandrov nomidagi ashula va raqs ansambli ham bo‘lgan. 68 nafar san’atkor Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim harbiy bazasida bo‘ladigan Yangi yil konsertida qatnashishi lozim edi. Ular bilan birga Rossiya “Birinchi kanali”, “NTV” va “Zvezda” telekanallari muxbirlari ham parvoz qilayotgan edi. Yo‘lovchilar ro‘yxatida shifokor va filantrop Yelizaveta Glinka (Doktor Liza) ham bor; Glinkaning turmush o‘rtog‘i shifokor samolyot bortida bo‘lgani va halok bo‘lganini tasdiqladi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi parvoz qoidalari buzilishi moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘adi, parvoz rahbarlarini so‘roq qilish va halokatga uchragan layner hujjatlarini to‘plash ishlari boshlanib ketgan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin aviahalokat tafsilotlari bo‘yicha mudofaa vaziri Sergey Shoygudan muntazam axborot olib turganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda, Putin aviahalokatda qurbon bo‘lganlarning qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

 


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2966 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tu-154 samolyoti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное