Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Rossiya sudi Apple Watch’ni oddiy qo‘l soati deb tan oldi

Moskva hakamlik sudi 17-may kuni AQShning Apple korporatsiyasi Rossiya bo‘linmasi — “Eppl Rus” MJChning Federal bojxona xizmati ustidan shikoyatini asossiz deb topdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Kompaniya bojxonachilarning Apple Watch soatlari bojxona tasnifini o‘zgartirish bo‘yicha uchta qarorini noqonuniy deb tan olishni so‘ragan edi. Bojxona xizmati Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha Apple Watch’ni oddiy qo‘l soati deb topgandi. Qo‘l soatlarini olib kirish bo‘yicha boj 10 foizga yetadi, ma’lumot uzatish uskunalari esa bojga tortilmaydi.
Federal bojxona xizmati innovatsion uskunani oddiy soat sifatida tasniflaganiga sabab uning asosiy komponentlaridan biri vaqt hisoblash unsuridir, u esa soat mexanizmi shaklida bo‘lishi shart emas, deb tushuntirdi sud eshituvlarida bojxona xizmati vakili. Apple vakili, o‘z navbatida, uskuna ko‘p funksiyali ekanligini va soat uning asosiy komponenti emasligini uqtirdi.
Eshituvlar yakunlariga ko‘ra sud bojxona tarafining dalillarini asosli deb topdi. Qarorning asl motivlari sud aktining to‘liq matni chop etilganidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Qaror bir oydan so‘ng kuchga kiradi.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2286 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Apple Watch, Rossiya sudi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное