Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Qaqnus - Mal De music
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Jumong-soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiyada muhojirlarga beriladigan patentga yangi band kiritiladi
Rossiya Ichki ishlar vazirligi patent olish uchun ariza shaklini ish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda kelgan xorijiy fuqaroning tashrifi to‘g‘risida xabar berishni nazarda tutuvchi yangi band bilan to‘ldirishni taklif qilmoqda. Bu haqda departament Matbuot markazida maʼlum qilingan.

Ichki ishlar vazirligi boshqarmasi tomonidan buyruq loyihasi tayyorlanib, jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan. Unda patentni ro‘yxatdan o‘tkazish, uni qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish yoki patentdagi maʼlumotlarga o‘zgartirishlar kiritish munosabati bilan berilgan talabnomalar shakliga o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.

Hujjat "Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida" Federal qonunining 1-moddasi 11-bandi "a" kichik bandining ikkinchi xatboshisini va ayrim qonun hujjatlarini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. 

“Shu asosda, buyruq loyihasi Rossiya Federatsiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda kelgan chet el fuqarosini tashrif maqsadini o‘zgartirish to‘g‘risida xabardor qilishni nazarda tutuvchi patent arizasi shaklini qo‘shishni nazarda tutadi”, deyiladi xabarda.
Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida migrantlarining mehnati uchun 1 milliondan ortiq patent berilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167 mingtaga ko‘pdir.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1560 | Рейтинг: 0| Рейтинг: patentga, yangi, Rossiyada, band, beriladigan, muhojirlarga, kiritiladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное