Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Rossiyada yuz bergan yirik YTHda o`zbekistonlik 15 yoshli qiz halok bo`ldi




Rossiyaning Xanti-Mansiysk okrugida yuz bergan YTHda O`zbekiston fuqarosi jabrlandi.

Yo`l-transport hodisasi “Tyumen-Xanti-Mansiysk” trassasining 926 km.da 4 dekabr kuni Moskva vaqti bilan 14.40 da sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

YTH reys avtobusi, ikkita engil hamda ikkita yuk mashinalarining to`qnashuvi oqibatida yuz berdi. Avtobus salonida 34 nafar yo`lovchi bo`lgan.

YTH oqibatida 12 kishi halok bo`ldi, 22 kishi jabrlandi. Halok bo`lganlar orasida 2001 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi Zulfiya Sarvar qizi ham bor. Uning singlisi 2001 yilda tug`ilgan Ergasheva Gavxar Sarvar qizi og`ir ahvolda Xanti-Mansiskdagi neyroxirurgiya klinikasiga etkazildi.

O`zbekiston Respublikasi FVV ma`lumotlariga ko`ra, vazirlik Rossiya tomoni bilan Zulfiyaning jasadini 7 dekabr kuni O`zbekistonga etkazish masalasini kelishgan. Qizning jasadi uning otasi Sarsar Ergashev tomonidan olib kelinmoqda.

O`zbekiston Respublikasi FVV tegishli idora va vazirliklar bilan halok bo`lgan fuqaroning oilasi va yaqinlariga tashkiliy masalalarda amaliy ko`mak beryapti.


Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 5704 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: YTH
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Ramziddin4340 Joyi janata busin :'(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное