Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Rossiyadan deportatsiya qilingan o'zbekistonlik ayol Peterburg hokimiyatidan farzandlarini qaytarishni so'ramoqda

O'zbekiston fuqarosi Dilafruz Nabotova Migratsiya to'g'risidagi qonunchilikni buzgani uchun Rossiyadan chiqarib yuborilgan, uning 2 farzandi esa Sankt-Peterburgda qolgan.

U ayni vaqtda Sankt-Peterburg hokimiyatidan o'zidan ajratilgan farzandlarini qaytarishini so'ramoqda. Ushbu oila vakillari sentyabr oyi boshida ajratilgan. 7 sentyabr kuni Dilafruz Nabotova homilador holida Rossiyadan deportatsiya qilinuvchilar uchun maxsus izolyatorga olib kelingan, uning ikki farzandi, 7 yoshli Mahbuba va 8 yoshli Sarvarbek esa muhojirlar lageriga jo'natilgan.

Dilafruz Nabotovaning Life78 kanali orqali ma'lum qilishicha, u 2011 yilda Rossiyaga borgan va puli bo'lmagani uchun Rossiyada ishlash hamda yashash uchun zarur hujjatlarni ola olmagan. U Rossiyada hech qanday hujjatsiz 2015 yilgacha ishlashda davom etgan.

Uning hikoya qilishicha, 7 sentyabr kuni u yashab turgan kvartiraga Rossiya FMX xodimlari kelishgan, tekshiruvchilar uning turmush o'rtog'ini olib ketishgan, farzandlarini esa bolalar uyiga jo'natishgan. Uning o'zi Krasnaya Seladgi izolyatorda 1,5 oy davomida qolib ketgan.

"Oxirgi marta farzandlarimni 7 sentyabr kuni ko'rganman. Ularning qaerdaligidan bexabar qolib ketdim. So'rovlarimga rasmiylardan hech kim aniq javob aytmadi.

Shundan so'ng, o'z tanishlarim orqali ularning qaerdaligini aniqladim", deydi u.

Ko'p o'tmay, Dilafruz muhojirlar boshpanasiga telefon qilgan, u erdagilar esa faqat tegishli hujjatlar orqaligina farzandlarini olib ketishi mumkinligini aytishgan.

Bu orada, 24 sentyabr kuni u uchinchi farzandini dunyoga keltirgan, 5 kun tug'ruqxonada bo'lgach, uni izolyatorga qaytarishgan. Muassasa vakillari unga barcha farzandlari bilan vatanga qaytishi mumkinligini bildirishgan.

"7 oktyabr kuni izolyator boshlig'i aytdiki, chaqalog'im uchun hujjatlar joyida, lekin 2 farzandimning hujjatlari tayyor emas. Shuning uchun ular men bilan qayta olishmasligi va ularni 2 haftadan keyin jo'natishlarini aytishdi", deydi Dilafruz.

Lekin u o'z farzandlarini olmasdan hech qaerga ketmasligini bildirgan. Shundan keyin unga izolyator mas'ullaridan biri dag'dag'a qilgan.

"U agar rozi bo'lmasam, chaqalog'imni ham olib qo'yishlarini aytdi. Ular bilan bahslashdim, ko'ndirishga harakat qildim, iltimos qildim, lekin quloq solishmadi va gaplarida qat'iy turishdi", deydi ona.

Uning aniqlik kiritishicha, advokat ham uni 2 haftadan keyin farzandlari bilan ko'rishishiga ishontirgan.

"Lekin 3 oy bo'lyaptiki, bolalarimni ko'rmadim. O'tinaman, ularni qaytarib bering", deya yig'lab murojaat qiladi u.

Nabotovaning advokati Yuriy Serovning ma'lum qilishicha, bu ishga Inson huquqlari bo'yicha Еvropa sudi aralashishi mumkin. Uning aytishicha, Nabotovani farzandlari bilan noqonuniy ravishda ajratishgan va unga izolyatorda azob berishgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2069 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rossiyadan deportatsiya qilingan o'
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное