Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Qirolicha - Soundterck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Zerda - Soundtreck
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Ruhiy test: Oilangizga xiyonat xavf solyaptimi?

Quyidagi holatlarda ehtiyot bo‘ling:
1) Kutilmaganda oylik maoshining ko‘p qismini o‘ziga sarflasa va oldin o‘ziga yarashadi deb hisoblagan mo‘ylovini olib tashlasa;
2) Ishxonasida hamkasabalarining ko‘pchiligi kutilmaganda mehnat ta’tiliga chiqqanligini aytib, juftingiz ko‘p vaqtini ishda o‘tkazadigan odat chiqarsa;
3) Uyali aloqa vositasi sotib olib, goh vannada, goh hovlida sizdan berkinib gaplashsa;
4) Sizdan o‘zini olib qochsa, bahonalar to‘qisa;
5) Nonushta vaqtida ko‘zlarini olib qochsa, mavzuni boshqa yoqqa bursa;
6) Xarajat uchun pul so‘rasangiz, do‘sti hali ham qarzini qaytarmaganini bahona qilsa;
7) Do‘stlari qo‘ng‘iroq qilib match yoki bayram ziyofatlariga taklif qilishganida rad etsa (oldinlari  u do‘stlari bilan vaqt o‘tkazishni yoqtirar edi);
8) Shu paytgacha befarq bo‘lgan modellar haqidagi jurnallarni sotib olib o‘qishga tushsa;
9) Ertalab va kechqurun badantarbiya bilan shug‘ullansa, hattoki yomg‘ir yog‘ishiga ham qaramasdan eski velosipedda “aylanib kelaman” degancha ketsa;
10) 8-martdan bir necha kun oldin qaysi atir urfda ekanligini so‘rasayu, sizga quruq atirgul sovg‘a qilsa;
11) Har bir ishingizdan ayb topishga harakat qilsa, “shimimni yaxshi dazmollamabsan” deb ming‘illasa;
12) Kechki ovqatga mehr bilan taom tayyorlasangizu, u “qornim to‘q” deb taomdan bosh tortsa;
Va nihoyat 99,9% juftingizning sizga xiyonat qilishiga ishonishingiz mumkin, agarda:
1. Avtomashinasidan ayollar buyumlarini topsangiz;
2. Ishdan kelganida ko‘ylagi yoqasidan lab bo‘yog‘i izini topsangiz, juftingizning o‘zidan esa sizga begona ayollar atirining hidi kelib tursa.
U SIZGA SODIQMI?
1. Sizning ishdagi muvafaqqiyatlaringiz haqida eshitib turib, juftingiz o‘zini qanday tutadi?
A. Indamaydi;
B. O‘zi boshqa masalalar to‘g‘risida gapira ketadi;
V. “ Hammadan zo‘r ekanligingga ishongan edim ” deb maqtab qo‘yadi.
2. Vaqt o‘tishi bilan xayolingizga qanday shubhali o‘ylar keladi?
A. Juftingiz faqatgina sizning yoningizda o‘zini baxtli his qiladi;
B. U hech qachon ilk sevgisini eslamaydi;
V. Juftingizda sizga xiyonat qilishga xohish yo‘q.
3. Kayfiyatingiz bo‘lmagan vaqtda u o‘zini qanday tutadi?
A. Sizni yolg‘iz qoldirishni afzal biladi;
B. Jiddiylashadi yoki jahli chiqa boshlaydi;
V. Sizga e’tibor qaratishga, asabiyligingiz sababini bilishga harakat qiladi.
4. Bayram kechasiga taklif qilishdi. Juftingiz o‘zini qanday tutadi?
A. Uning o‘zini tutishi chinakam xotinbozlarga o‘xshaydi;
B. Kechadagi ayollarni qiziqish bilan kuzatadi;
V. Asabiylashadi va sizdan bir qadam ham uzoqlashmaydi.
5. Bir vaqtning o‘zida sizlarni ikkita kechaga taklif qilishdi, masalani qanday hal etasiz?
A. Bu masalani birga muhokama qilasiz;
B. U o‘z fikrida qat’iy turadi va siz u istagan kechaga borasiz;
V. Oxirgi so‘zni siz aytasiz.
6. Agar juftingiz bilan shoshib turgan bo‘lsangiz va tezda tanovul qilib olishni xohlasangiz nima qilasiz?
A. Ovqatni juftingiz tayyorlaydi;
B. Vaqtni tejash uchun birga tayyorlaysiz;
V. Barchasini o‘zingiz tayyorlaysiz.
7. Juftingizning ota-onangizga munosabati qanday?
A. U ota-onangizni mamnuniyat bilan qabul qiladi;
B. Ota-onangiz bilan aloqa qilishni xohlamaydi;
V. Ota-onangiz unga shunchaki yoqadi.
8. Juftingizning shaxsiy ishlaringizga munosabati qanday?
A. U doimo keraksiz joyga burun suqib yuradi;
B. Kamdan-kam hollarda shaxsiy ishlaringiz bilan qiziqadi;
V. Savollar bilan asabingizni buzmaslikka harakat qiladi.
“A” javoblariga — 0 balldan, “B” javoblarga — 3 balldan va “V” javoblariga — 6 balldan qo‘yib chiqing. To‘plagan ballaringizni hisoblang.
0 balldan 20 ballgacha. Sizning ahvolingizga faqat achinish mumkin. Juftingiz sizga siz xohlaganchalik sodiq emas. Agar u bilan munosabatingizni davom ettirsangiz oldinda sizni ko‘pgina xafagarchilik va umidsizliklar kutmoqda.
21 balldan 33 ballgacha. Juftingiz sizni yaxshi ko‘radi. Ammo uni siz o‘ylagandek sodiq deyishga hali erta. To‘Qri u sizni sevishi va siz bilan munosabatlarini davomiy bo‘lishini istashi mumkin. Agar vaqt o‘tgan sayin uning muhabbatini yanada orttirishga erisha olsangiz, u holda uning uchun dunyoda sizdan o‘zga ayol bo‘lmaydi.
34 balldan 48 ballgacha. Juft tanlashda omadingiz chopgan. Uning sodiqligiga bekor shubha qilyapsiz. Agar uning sevgisiga javob qaytarmasangiz uning qalbini qattiq shikastlaysiz.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 4269 | Рейтинг: 1| Рейтинг: oila, Ruhiy test
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное