Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Ruslan Chagaev boksdagi faoliyatini yakunlamoqda

O‘ta og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Ruslan Chagaev rasman sport  olamidagi faoliyatini tugatayotgani haqida xabar berdi. Bu haqda “Ntv” xabar bermoqda.
 
Bokschining qarori haqida uning sobiq menejeri Timur Dugazaev OAVga ma’lumot berar ekan, ushbu qaror Chagaevning salomatligidan kelib chiqib qabul qilinganini aytdi.
 
“Ruslan sport olamidagi faoliyatini ko‘rish qobiliyatining pasayishi munosabati bilan tugatdi. Biz unga Lukas Braun bilan chiroyli xayrlashuv jangi o‘tkazishni taklif qildik, buni uyushtirib bera olardik. Biroq Ruslan salomatlik jangdan azizroq, degan fikrda bunga rozi bo‘lmadi”, deydi Dugazaev.
 
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Ruslan Chagaev 1978 yilning 19 oktyabrida Andijonda tug‘ilgan. Oilali, turmush o‘rtog‘i Viktoriya shifokor. Ularning Artur va Alan ismli o‘g‘illari bor.
Umida Yakubova


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 5060 | Рейтинг: 0| Рейтинг: boks, Ruslan Chagaev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное