Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Rustam Sagdievdan tez kunda yangi blokbaster - "Merosxo‘r"


Mahoratli kinorejissyor Rustam Sagdievning har bir yaratgan filmi kino ixlosmandlarini hayratlantirmay qolmaydi. O‘z ishiga o‘ta mas’uliyat va katta tayyorgarlik bilan yondashadigan rejissyor yana bir yangi va katta loyihaga qo‘l urdi. U "Kung-fu" jang san’ati haqida hikoya qiluvchi yangi blokbasterni suratga olmoqda. Mazkur filmning asosiy qismi Xitoyda tasvirga tushirildi. Bir necha kun davom etgan s’yomka jarayonlari haqida Rustam Sagdiev internet tarmoqlari orqali ma’lumotlarni taqdim etdi. Suratga olish ishlari Xitoydagi "Kung fu" jang san’atiga ixtisoslashgan "Shaolin" maktabida va mamlakatning boshqa manzillarida bo‘lib o‘tdi. Filmda shunday epizodlar borki, tomoshabinni befarq qoldirmay, hayratlantiradi. Jumladan birgina epizoddagi 9000 ming nafar o‘quvchilar ishtirokini aytish mumkin. Ijodiy jamoa Xitoydagi s’yomka jarayonlarini yakunlab, vatanimizga qaytishdi. Filmning qolgan qismini tasvirga tushirish ishlari yurtimizda davom ettirilmoqda. Blokbaster haqida yanada to‘liq ma’lumot, aktyor va aktrisalar ishtiroki va ijodiy jamoa haqida keyingi yangiliklarimizda to‘xtalib o‘tamiz.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 2518 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Merosxo‘r, blokbaster, Tez kunda, Rustam Sagdiev, yangi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное