Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Saif Ali Xon va Karina Kapur dekabrda ota-ona bo‘lishadi

2 iyul kuni “IndianExpress.com” nashri Bollivudning mashhur juftliklaridan biri Saif Ali Xon va Karina Kapur Xonning farzand kutayotganlari haqidagi xabarni tarqatdi. Nashrdagi ma’lumotda aytilishicha, bu yangiliknini shaxsan Saif Ali Xonning o‘zi tasdiqlagan. Rafiqasining homilador ekani haqidagi xabarni tasdiqlash barobarida aktyor “IndianExpress.com” nashriga u bilan bog‘langanliklari uchun kamtarlik bilan minnatdorchilik bildirgan.

Aslida Karina Kapur Xonning homiladorligi haqidagi mish-mishlar bir necha kun avval boshlangandi. Biroq ular bu ma’lumotni bir necha bor inkor etishgandi. Kecha esa barcha gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi.

Saif Ali Xonning aytishicha, rafiqasi Karina Kapur Xon dekabr oyida ona bo‘ladi. Fursatdan foydalanib, Saif Ali Xon muxlislaridan duo qilishlarini so‘radi.

“Rafiqam dekabr oyida ona bo‘ladi. Muxlislarimizdan bizni qo‘llab-quvvatlashlarini, duo qilishlarini so‘rab qolamiz. Shuningdek ommaviy axborot vositalariga sabrlari uchun tashakkur aytamiz”, deydi Saif Ali Xon.

Ma’lumot uchun, tug‘ilajak chaqaloq Saif Ali Xonning uchinchi, Karina Kapur Xonning esa birinchi farzandi. Saif Ali Xonning birinchi turmushidan ikki nafar farzandi bor.
Umida Yakubova


Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 18458 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Karina Kapur, Saif Ali Xon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное