Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Samarqandda 34 yoshli erkak singlisiga SMS yozgan yigitni urib o‘ldirib qo‘ydi

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida SMS tufayli kelib chiqqan janjal odam o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

Hodisa 4-avgust kuni soat 14:00 larda “Xalqobod” MFYda yuz bergan. 34 yoshli Sh.Y. hamqishlog‘i 27 yoshli N.B. ismli yigitga telefon qilib chaqiradi. U yigitdan nima maqsadda singlisi 18 yoshli M.D.ga SMS xabar jo‘natib, tinchligini buzayotganligini so‘raydi. Ular o‘zaro janjallashib qoladi va janjal davomida Sh.Y. mushti bilan N.B.ni bosh sohasiga urib tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda N.B. tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 25-iyul kuni Andijonda 18 yoshli yigit sevgan qiziga gap otgan 30 yoshli erkakni temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3168 | Рейтинг: 0| Рейтинг: urib o‘ldirib qo‘ydi, singlisi, 34 yoshli erkak, Yigitni, SMS yozgan, Samarqand
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное