Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Ishq Ertagi - Title sound
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Qirolicha - Soundterck
. Qaxvaxona - soundtreck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Samarqandda neft mahsulotlari talon-toroj qilindi
Samarqandda katta miqdorda neft mahsulotlari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.

Samarqanddagi “Maroqand neft bazasi”MChJga qarashli Bulung‘ur filialida qariyb 21,5 mlrd so‘mlik neft mahsulotlari talon-toroj qilingan. Bu haqda “O‘zbekneftegaz” matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘rganishlar jarayonida, Bulung‘ur filiali xodimi X.L. javobgarligidagi neft mahsulotlari inventarizatsiyadan o‘tkazilganda, 7ta vertikal po‘lat sig‘imlarga (RVS) qasddan texnik o‘zgartirish kiritish va qo‘lbola usulda sig‘im ichiga temir quvur joylashtirilganligi aniqlangan.

Natijada jami 21 mlrd 494,7 million so‘mlik 2 ming 573,5 tonna neft mahsulotlari kamomadiga yo‘l qo‘yilib, katta miqdorda talon-toroj ishlari amalga oshirilgan.

Xususan:

  • AI-80 avtobenzinidan 18 mlrd 340,4 mln so‘mlik 2 382,1 tonna;
  • EKO markali dizel yoqilg‘isidan 75,2 mln so‘mlik 4,7 tonna;
  • TDL-05 markali dizel yoqilg‘isidan 1 mlrd 752,1 mln so‘mlik 111,6 tonna;
  • TD-K5 yevro markali dizel yoqilg‘isidan 1 mlrd 327,0 mln so‘mlik 75,1 tonna.

"O‘zbekneftegaz" matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, ushbu jinoiy ish doirasidagi barcha tegishli hujjatlar DXX va Bosh prokuraturaga taqdim qilingan.

Avvalroq, “Maroqand neft bazasi”dagi talon-torojlik holatlari va neft mahsulotlari noqonuniy sotilishi ortidan 11 nafar xodim ishdan olingani ma'lum qilingandi. 



Manba:Kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 640 | Рейтинг: 0| Рейтинг: talon, mahsulotlari, Samarqandda, toroj, qilindi, neft
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное