Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ayol Qalbi - True Love
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Jumong-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Samarqanddagi tashlandiq bog‘chada ikki yigit mast holatda tanish ayolni o‘ldirib, jasadini yoqib yubordi

Samarqanddagi tashlandiq maktabgacha ta’lim muassasasi binosida qotillik sodir bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani “Istiqbol” mahallasida ikki nafar qiz do‘pposlanib, bittasi o‘ldirilib, so‘ngra yoqib yuborilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura “Daryo” so‘roviga ko‘ra mazkur holatga aniqlik kiritdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yilning 7-yanvar kuni soat taxminan 00:00 atrofida M.N. (2002-yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz) va M.T. (2001-yilda tug‘ilgan) ismli yigitlar M.Q. (1997-yilda tug‘ilgan) va D.Y. (1994-yilda tug‘ilgan) ismli tanish ayollarni Past Darg‘om tumani “Istiqbol” mahallasi hududida faoliyat ko‘rsatmasdan kelayotgan tashlandiq maktabgacha ta’lim muassasasi binosiga olib borgan.

U yerda mast holatda kelishmovchilik sababli o‘zaro janjal yuzaga kelgan. Oqibatda yigitlar oshxona pichog‘i bilan D.Y.ning turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan. So‘ngra murdani yoqib yuborgan.

M.N. va M.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi (bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1620 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ikki, jasadini, Samarqanddagi, bog‘chada, yoqib, holatda, Tashlandiq, ayolni, o‘ldirib, Yigit, tanish, Mast, yubordi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное