Shohruhxon - Ayamay (Vi... Shohruhxon - Ayamay (Vi...
MC DONI feat. Люся Чебо... MC DONI feat. Люся Чебо...
Ravshan Komilov - Odam ... Ravshan Komilov - Odam ...
Rayhon - Unutolaman (Vi... Rayhon - Unutolaman (Vi...
Sardor Mamadaliyev feat... Sardor Mamadaliyev feat...
Bojalar - Onam (Concert... Bojalar - Onam (Concert...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Ayol Qalbi - True Love
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Jumong-soundtreck
. Ishq Jodusi - All I want
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Samarqandlik o‘quvchi qizlar ginekolog tekshiruvidan o‘tkazilgani rostmidi?


Hafta davomida ayrim xorijiy OAVlarda “Samarqandda 7–8 sinf qizlari “ersiz homilador bo‘lgani” aniqlandi, viloyat bo‘ylab o‘quvchi qizlarning bokiraligi tekshirilmoqda”, degan mazmunda maqolalar e’lon qilingan edi.

Ochig‘i, qiz farzand tarbiyalayotgan har qanday ota-onani bunday xabarlardan so‘ng bir daqiqa bo‘lsa-da dovdirab qolishi hech gap emas. Tahririyat xodimlari ham bundan “shokka” tushdi, desam ishonavering...

To‘g‘risi, bunaqa soxta yoki “oshirib ko‘pirtirilgan” xabarlardan so‘ng savollar girdobida qolasan kishi... Aniqrog‘i, bunday g‘urur va sha’nga tegadigan “ayblovlarga” javob topolmaysiz, o‘zingizcha turli xayollarga borasiz va bir qancha taxminlarni ilgari surasiz, ammo baribir javob topa olmaysiz. Xullas, tushuntirib berish mushkul holatda qolasiz... Menda ham shunday bo‘ldi!

Rosti, bu masalani ikki kun uylab yurdim. Baribir bo‘lmadi! Tahririyatga keldimu hamkasblarim bilan maslahatlashdim. Telefonni olib Samarqand viloyati hokimiyatiga qo‘ng‘iroq qildim...

Telefonga javob bergan Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Boliev Nuriddin aka gapimni eshitib turib “Ukajon, bunaqa ishlar bo‘lmagan, bo‘lishi ham mumkin emas”, dedilar.

Men qaysarlik qilib” Nuriddin aka, balki bo‘lgandir, siz bexabar qolgandirsiz, ichki ishlar va sog‘liqni saqlash boshqarmalari aniqroq bilishadi, keling, aniqlik kiritaylik” dedim. Negaki, gap o‘zbekistonlik yoshlar, xususan samarqandlik qizlar sha’ni ustida ketmoqda edi!

Nuriddin akaga rahmat! Meni to‘g‘ri tushundilaru darhol ishga kirishdilar...

Ko‘p o‘tmay viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining matbuot xizmati rahbari Eldor Muhammadiev bilan aloqaga chiqdik. Eldor aka darhol maqsadga o‘tdi va “Mana shunday yolg‘onlarga tushunmayman, bu balki viloyat sha’niga dog‘ tushirish maqsadida qilingan “zakaz” bo‘lsa kerak”, dedi.

Eldor Muhammadievning kuyunchaklik bilan “Aka, kollejlar va o‘rta maktablarning yuqori sinf o‘quvchi qizlarini ginekolog tekshiruvidan o‘tkazish mumkinmas, bunga hech kim ruxsat bermaydi, mumkin emas bu” degan gapi menga tassalli berdi.

To‘g‘ri-da, bunday tekshiruvlar yosh qizlarga ruhiy jarohat yetkazmaydimi? Buni eshitgan ota-onalar nima ahvolga tushishadi? O‘spirin qizlarga tengdosh yigitlarning munosabati o‘zgarmaydimi? Keyin bu kabi tekshiruvlarga ne hojat? Bunday tadbirlarga asos nima? Umuman, bu aqlga sig‘mas ish-ku!

To‘g‘ri,balki bitta-yarimta tarbiyasiz oilaning farzandi, aniqrog‘i qizi allaqanday axloqsizlikka jur’at etgan bo‘lishi mumkin. Bunisi bizga qorong‘u... Biroq ko‘pming sonli yoshlarni bir-ikkita “holat” uchun axloqsizlikda ayblashga hech kimning haqi yo‘q!

Eslatib o‘tishim kerak, suhbatimiz davomida Eldor Muhammadiev yuqorida sha’ma qilingan “tekshiruvlar” bo‘lganini qat’iy tarzda inkor qildi.

Reproduktiv salomatlik markazi tomonidan 2017 yil 18 oktabr kuni “Sartepo turizm-maishiy xizmat kasb-hunar kolleji”da, “Erta nikoh va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar oqibatida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar”, “Sog‘lom turmush tarzi”, “Reproduktiv salomatlik” mavzularida o‘quvchi yoshlarga ma’ruzalar o‘qib berildi, dedi Eldor Muhammadiev.

Shuningdek, u Markaz tomonidan yil davomida maktab, kollej, mahalla, idora va tashkilotlarda reja asosida muntazam ravishda yuqoridagi mavzularda uchrashuvlar tashkillaashtiriladi, deb qo‘shimcha qildi.

Eldor Muhammadiev ma’lumot uchun ana shunday uchrashuvlardan olingan fotosuratlarni bizga yubordi va, ko‘rish mumkinki, ushbu yig‘ilishda nafaqat qizlar, balki ta’lim maskanidagi o‘quvchi yigitlar ham ishtirok etgan.

Bundan tushunish mumkinki, Reproduktiv salomatlik markazi tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvlar ayrim nashrlar tomonidan “tekshiruv” deya ta’riflangan bo‘lishi mumkin.

Ishondim. Lekin...

Balki ular o‘z ayblarini berkitish uchun tekshiruv bo‘lmagan deyishdi-yu qutulishdi, deb uyladim va endi o‘z manbalarimga tayanib viloyatdagi maktablar bilan aloqaga chiqdim.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Bahriddin Shohvaliev bilan ham gaplashdim. “Yo‘q, bo‘lmagan” degan javob oldim. Buni boshqa rasmiy va norasmiy manbalar ham tasdiqladi.

Endi savol tug‘iladi... Xorijda yashab, ayrim tashkilotlar manfaati uchun ishlaydigan, o‘zi qolib “o‘zgaga qayg‘uradigan” ayrim jurnalistlar qaerdan olishdi bu ma’lumotlarni?

O‘zlarining “tillarida” aytilganda “o‘z ismini oshkor qilishni istamagan mutassaddi”danmi yoki “ovozi yozib olinishini xohlamagan vakil”danmi? Balki “o‘ta ishonchli manbalaridan” olishgandir?!

Nima bo‘lganda ham ma’lum ma’noda maqsadga erishdim, deb uylayman. Boshqacharoq aytganda, millat sha’niga befarq bo‘lmagan jurnalistga bir necha kundan beri tinchlik bermay kelayotgan ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi.

Farzand tarbiyasida, ayniqsa qiz tarbiyasida dunyoning xohlagan davlati andoza olishi mumkin bo‘lgan, havas qilishi mumkin bo‘lgan “o‘zbek tarbiyasi” hali yo‘lidan og‘ishgani yo‘q...

Hurmatli (o‘zini hurmat qilganlari nazarda tutilmoqda) xorijlik jurnalistlar, bu masala siz yashayotgan davlatda (balki “yangi vatanangizda”) hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasligi mumkin. Lekin bizda bu narsalar or-nomus, sha’n, g‘urur va qadr-qimmat yana bir qancha so‘zlar bilan ataladigan tuyg‘uni anglatadi. Bir-ikkita “betarbiya oilaning” farzandlarini deb butun boshli bir viloyat oilalarini haqorat qilmang!

Siyovush To‘raxo‘jaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9188 | Голосов:: 0| Теги:: o‘tkazilgan, ginekolog, o‘quvchi qizlar, Rost, tekshiruv, Samarqandlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Shoxruz (Abadiya) - Hazon  
. Sardor Rahimxon - Umidvor Yurak  
. Ichkarida - Tek Basina  
. Ichkarida - Sarp  
. Ichkarida - Yellow  
. Ichkarida - Jenerik erde Dizi  
. Shohruhxon - Ayamay  
. Zokir Ochildiyev - Alamlar (Parodiya)  
. Munisa Rizayeva feat. Rashid Holiqov - Bom Bom  .
. Subxan feat. Shaxnoza - Ket (Cover)  
. Ravshan Komilov - Odam Bo'laylik (New Version)  
. Yulduz Usmonova - Xalqim (New Version)  
. Sardor Mamadaliyev feat. Ahad Qayum - Ko'ngil Tanlar  
. MC Dоni feat. Люся Чеботина - Сон  
. Farrux Xamrayev - Birga Bir  
. Bojalar - Sog'insam  
. Bojalar - Zamiram  
. Bojalar - Onam  
. Bojalar - Esingdami  
. Bojalar - Mana Rep  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Tola
. Ummon - Ming Afsus