Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Samsung Galaxy Note 7 olti yoshli bolaning qo‘lida portlab ketdi

11-sentabr kuni kechqurun Bruklinda (Nyu-York) istiqomat qiluvchi olti yoshli bola Samsung Galaxy Note 7 smartfonining portlab ketishi tufayli kuyish jarohatini oldi. Bu haqda 3DNews ma’lum qildi.
Tez yordam bolani tibbiy markazga yetkazdi. U yerda bolaga zarur yordam ko‘rsatildi.
Bolaning buvisi Linda Lyuisning New York Post nashriga ma’lum qilishicha, smartfon to‘satdan portlab ketganda uning nabirasi video ko‘rayotgan bo‘lgan. Shundan keyin uydagi signalizatsiya ishga tushgan. Bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilgandan keyin unga uyga ruxsat berilgan. U endilikda telefon yaqinidan o‘tishga ham qo‘rqib qolgan.
Bolaning oilasi Samsung vakillari bilan gaplashgan, biroq suhbat mazmunini oshkor etmaslikni ma’qul deb topgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung kompaniyasi foydalanuvchilarga Galaxy Note 7 smartfonlarini o‘chirib, tezroq almashtirishni maslahat bergan edi.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 8627 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qo‘lida portlab ketdi, olti yoshli bola, Samsung Galaxy Note 7
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное