Samsung Galaxy S6 Edge’ning tannarxi iPhone 6’dan qimmatligi ma’lum bo‘ldi
IHS Technology tadqiqot agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S6 Edge smartfonining tannarxi 290,45 dollarga teng. Bu iPhone 6 smartfonidan 21 foizga qimmatroq. Koreya giganti mahsulotining tannarxi ilk bor Apple smartfonidan qimmat bo‘ldi. Shuningdek, 290,45 dollar Samsung ishlab chiqargan smartfonlar ichida ham rekord narx hisoblanadi.
Samsung 100 dona Galaxy S6 Edge ishlab chiqarishga sarflagan puliga, Apple 121 dona iPhone 6 ishlab chiqaradi.
Galaxy S6 Edge’ning bu darajada qimmat bo‘lishiga bukilgan ekran yasashdagi qiyinchiliklar sabab bo‘lgan.