Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Sankt-Peterburgdagi portlash oqibatida jabrlanganlar ichida O‘zbekiston fuqarosi ham bor


 


Sankt-Peterburg metrosida ro‘y bergan portlash oqibatida jabr ko‘rganlar ichida chet el fuqarolari ham bor. Bu haqida shahar gubernatori Georgiy Poltavchenko 4-aprel, seshanba kuni ma’lum qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar Belorussiya, Tojikiston hamda O‘zbekiston fuqarolaridir.

Shuningdek, Poltavchenko jabrlanganlar orasida Rossiya Federatsiyasining turli viloyatlaridan bo‘lgan 17 kishi ham borligini qo‘shimcha qildi. Jabrlanganlarning yaqinlari allaqachon Peterburgga yetib kelgan, ularga “Moskva” mehmonxonasidan tekin xonalar ajratilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 14 kishining o‘limi qayd etilgan: 11 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 3 kishi olingan jarohatlar oqibatida olamdan o‘tgan.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4214 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston fuqarosi, jabrlanganlar, Sankt-Peterburg
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное