Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Savollarga o'ylab o'tirmasdan javob bering. Uchta javobni ishlatishingiz mumkin
 


"Ha”, "Yo'q” va "Bilmayman”. 
 
1. Bolaligimdanoq boshqa insonlarga bo'ysunish men uchun katta muammo edi. 
2. Menimcha, boshqalar ustidan hukmdorlik qilish hissi rivojlangan insonlarsiz fan va 
madaniyatda rivojlanish bo'lmagan bo'lardi. 
3. Menimcha, haqiqiy erkak ayolni o'z irodasiga bo'ysundirishning uddasidan chiqa oladi. 
4. Rostini tan oladigan bo'lsam, yaqinlarimning g'amxo'rligidan ensam qotadi. 
5. Ayolning asl tabiati bo'ysunuvchanlik, degan tasdiqqa to'la-to'kis qo'shilaman. 
6. Yaqinlarimning farovon yashashlari uchun barcha mas'uliyatni o'z zimmamga olishga majbur ekanligimni menimcha xamma xam tushunavermasa kerak. 
7. Menimcha, juda ko'plab muammolar qattiqqo'l lider yo'qligidan kelib chiqadi. 
8. Tezda qaror chiqarilishi lozim bo'lgan murakkab vaziyatlarda to'g'ri yo'l tutishim uchun ko'p vaqt talab etilmaydi. 
9. Nimani sevishimni juda yaxshi bilaman va boshqa insonlarni boshqarishim mumkin. 
10. Hech kimning oldida oxirigacha ochilishni istamayman va bu qo'limdan ham kelmaydi. 
11. "Sokin go'sha” haqidagi orzular menga yoqadi. 
12. Menimcha, xodim boshlig'ining har qanday buyrug'ini bajara olishi kerak. 
13. Ehtimol, bu g'alati ko'rinar, biroq yaqinlaridan nimanidir so'rash to'g'ri kelib qolgan vaziyatlarda ich-ichimdan qarshilik sezaman. 
14. Mendan kimdir izoh talab qiladigan vaziyatlar tez-tez ro'y berib turadi, biroq mening nazarimda, hammasi shundoq ham ravshan bo'ladi. 
15. Fikrimcha, xarakterim oilamizda ustun bo'lgan otam (onam) ning xarakteriga juda o'xshash. 

Har bir "Ha” javobiga 10 ball,  
"Bilmayman”ga 5 ball,  
"Yo'q”ga 0 ball belgilang. 
 
TEST NATIJALARI:  
150-100 ball: Sizning javoblaringiz nima qanday ekanligi va qanday bo'lishi kerakligini biluvchi buyuk diktator siymosini yaratmoqda. Bunday xatti- harakatingizni siz osongina oqlaysiz. Siz boshqalarni ishontirolasiz va ishni o'z muddatida bajartirish uchun ular ustidan rahbarlik qilolasiz. Biroq, dam- badam qo'l ostingizdagilarning tovushida, nigohlarida "dam olishga fursat bering”, degan nido ko'rasiz!  
 
95-50 ball: Muvozanat va qat'iyat, oqillik va hisob-kitob, to'g'ri va oqilona maslahat berish — mana bular sizning bosh fazilatlaringizdir. Boshqalarning fikri va istagini hisobga olib, agar muhim bo'lsa boshqarasiz, agar kerak bo'lsa yon berasiz. Biroq kerakli vositalardan foydalanib doim ham maqsadga etishayotganingiz yoki yo'qligini faqat o'zingiz bilasiz.  
 
45-0 ball: Sizning javoblaringiz "psixologik ilon”ga xos. Garchi zaruriyati bo'lmasa-da, har qanday jerkishni osongina hazm qilasiz, hech kim talab qilmayotgan bo'lsa-da, bor-budingizni qurbon qilishga tayyor bo'lasiz. Ko'pincha o'z ojizligingizni anglagach, siz... dadil xatti-harakatlarni amalga oshirasiz. Chorasizlikdan, o'zingizda etishmayotgan harakter qirralarini boshqalardan qidira boshlaysiz va o'zingiz uchun eng yaxshi hayot umidi va ma'nosini ana shundan topasiz.

 


Manba:Tarona.net
Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 9448 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Psixalogik test
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
zumrad991 xa xarakterimga to'g'ri keladi. Faqat oxirgi jumlalarini tushunmadim. 95-50 ball
Like | 0
virus16 AJOYIB  H  ;)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное