Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

SCORPION film treyleri uznetni “portlatdi”

SCORPION trillerining treyleri ikki kun ichida bir million martadan ziyod ko‘rildi.


Minglab izohlar, yuzlab repostlar va million kishilik auditoriya – SCORPION treyleri bir sutkadan ortiq vaqt davomida ushbu natijalarni qayd etdi.

Bu raqamlar 5 noyabrt kuni internetga joylashtirilgan videorolik film va kinofestivalning Instagram va Facebook’dagi rasmiy sahifalari, ushbu ijtimoiy tarmoqlardagi pabliklar va Telegram kanallaridagi ko‘rilganlari soni yig‘indisi. Treylerni shuningdek, shou-biznesning taniqli vakillari jumladan, Sevara Nazarxon, Shahzoda, Rayhon, Alisher Uzoqov va boshqalar ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bo‘lishdilar.

Blogerlar va internet foydalanuvchilari bunday loyiha mahalliy kinematografiyada yangilik ekanini aytishmoqda. Tasvir va ovozning yuqori sifati, qo‘llanilgan maxsus effektlar, tasvirga olish jarayonlari oborilgan joylar ko‘rinishi Gollivud kinolariga o‘xshaydi.

Ta’kidlash kerakki, film ssenariysini yozishda amerikalik kinodramaturg, qator mashhur loyihalar muallifi Bob Andervud qatnashdi. Kartina operatori – germaniyalik Maks Tsui. Ovoz ustida ishlash jarayoni “Mosfilm” kinokonserni mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi. Rang-tasvir esa “Legenda 17”, “Dvijenie vverx”, “Viking” kabi filmlarda ishlagan Moskvaning “ColorKitchen” kompaniyasi hamkorligida olib borildi.

Filmning ovoz dizayni ustida amerikalik ovoz rejissyori Geri Burjua ishlagan. Kartina rejissyori Muxlisa Azizova, prodyuser – Oybek Abdushukurov. Mazkur loyiha Yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi ko‘magida amalgaoshirildi.

1dekabrdan poytaxtning barcha kinoteatrlarida Scorpion filmi namoyishi boshlanadi. Film rus va o‘zbek tillarida dublyaj qilingan.


VIDEONI KO'RISH


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 7976 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Scorpion
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
baxodir Treyler ku yaxshi kinoni o`zi shunchalar yaxshimikan buni faqat ko`rganda bilinadi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное