Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Sen bilan tugallanmagan jangimiz bor edi”. Shahram G‘iyosov bokschilik faoliyatini tugatgan Shohjahon Ergashevga murojaat qildi

O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev faoliyatini yakunlagani haqida xabar berilgandi.

Ushbu xabarga bokschi Shahram G‘iyosov o‘z munosabatini bildirdi:

“Sen bilan tugallanmagan jangimiz bor edi, o’rtoq, lekin faoliyatingni yakunlabsan. Omad tilayman. Agar qaytish niyati bo‘lib qolsa, kutaman”.

O‘z navbatida Shohjahon Ergashev ham bunga javob qaytargan.

“Men ham seni uchratganimdan xursandman. Sportdagi faoliyatingni hurmat qilaman. Juda kuchli bokschisan. Albatta, men ham sen bilan jang qilishni xohlar edim, afsuski, boksni tashladim. Lekin otam bilan gaplashishim kerak, agar u menga ruxsat bersa, jang qilishga tayyorman. Ammo tayyorgarliging yuqori bo‘lsin. Sen bilan hisobni yopib, boksni tamomlashni istar edim.

Sening ham kelgusi ishlaringga omad”.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev 24-yanvar kuni boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Sportchi shu vaqtga qadar prof boksda jami 21 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 19 ta jangda esa raqiblarini nokaut evaziga taslim qilgan. Ergashev so‘nggi marta 2021-yilning 11-dekabrida ringga ko‘tarilgandi.

Shahram G‘iyosovning professional boksdagi statistikasi esa quyidagicha — 12-0, 9 KO. U oxirgi jangini 2021-yilning 17-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks kechasida argentinalik Kristian Koriaga qarshi o‘tkazgandi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1725 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shahram G‘iyosov, faoliyatini, murojaat, Ergashevga, bokschilik, qildi, tugatgan, Shohjahon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное