Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

“Senga oshiqman”: Ikki go‘zal hayotda nima bilan mashg‘ul?

Radxika Madan. Bu nom Hindiston televideniesida shu qadar tez tilga tushdiki, raqqosa qizga ketma-ket takliflar bo‘la boshladi. Radxika “Colors TV”ning bir qator shou va roliklarida faol ishtirok etadi. Shuningdek   reklama hamda moda namoyishlariga ham aynan Ishani obrazining shuhrati sabab taklif qilindi.

“Shakti bilan faqat do‘stmiz”
Radxika 1995 yil 1 mayda tug‘ilgan. 19 yoshida aynan “Senga oshiqman” seriali unga shuhrat keltirdi. U raqs akademiyasining faol a’zosi. Aktrisaga debyut roli “Jhalak Dikla Jaa7”, “Nach Baliye 7”, “Jhalak Dikla Jaa8” (bu jonivorlarni uzbekcha oti yuk ekanmi?)  telenovellaridan asosiy qahramonlarini “yutib” olishiga sabab bo‘ldi. Radxika Madan tabiatan quvnoq va o‘ziga nisbatan talabchan. Shuningdek, ekrandagi kabi hind milliy liboslarini emas, jinsi futbolkalar, zamonaviy rusumdagi liboslarni ko‘proq kiyadi.
— Radxika, debyut rolingiz sizga kutilmagan muvafaqqiyat keltirdi. Bu omadmi yoki...
— Menimcha omad. Agar Ishani obrazi boshqa bir aktrisaga  berilganda albatta u ham prodyuserlar ishonchini oqlagan bo‘lardi. Boisi Ishani namunali qiz. U xatolarini tan olishni va to‘g‘irlashni biladi. Odatda tomoshabinni bunday qizlardan biroz jahli chiqsada, hamisha uning yonini oladi.
— Shakti Arora bilan ekranda eng yaxshi juftlik deb topildingiz. Hayotda munosabatlaringiz qanday?
— Bilasizmi, partnyor bilan yaqin bo‘lmasangiz, do‘stona munosabatlar o‘rnatmasangiz obraz to‘laqonli ochilmaydi. Shakti tajribasidan kelib chiqqan holda ish jarayonida ko‘p yordam berdi. U yaxshi do‘st, garchi kamgap bo‘lsa-da, kerakli so‘zni ayta oladi.
— Nexa Saksena siz va Shakti Arora juftligiga qanday qaradi?
·         Nexa men va Shakti Arora emas Ishani va Ranvir juftligini ko‘rdi. Demak, muammoga o‘rin yo‘q. Qolaversa, Nexa ham aktrisa: u vaziyatni to‘g‘ri baholay biladi.
·          Ijroingiz yaxshi chiqqan...
— Ha, bu rejissyorlarning xizmati. Ular menga to‘g‘ri talab qo‘ya oldi. Lekin Ishani bilan qalban yaqinligimiz bor.
— Raqsdan yaxshi xabardorsiz. Badiiy filmlarda ishlash niyatingiz bo‘lsa kerak?
— Albatta, agar taklif bo‘lsa o‘ylab ko‘raman. Imkon qadar kinoda kengroq  o‘zimni namoyon etishga harakat qilaman.
— Serial voqealari ba’zida joylarda juda cho‘zilib ketgan... Tomoshabin sifatida bunga qanday qaraysiz?
— Film ijodkorlari tomoshabinga hayajonli va zavqli onlarni taqdim etishni niyat qilgan. Menimcha voqealar unchalik cho‘zilmagan.
“Ko‘pchilik mening qahramonimdan xafa”
Disha – bu shunday qizki, o‘zini Ishaniga nisbatan yomonliklardan tiya olmaydi. Ekranda shunday xudbin qizni mahorat bilan ijro etgan aktrisa Tisha Kapur serial prodyuseri Ekta Kapurning qarindoshi. U 1992 yilning 12 iyunida Mumbayda tug‘ilgan. Faoliyatini model sifatida boshlagan.
— Tisha va Disha... Ularni nima bog‘lab turadi?
— Albatta men! Ko‘pchilik mening qahramonimdan xafa bo‘ldi. Men ularga “xafa bo‘lmang, hali hammasi yaxshi bo‘ladi”, deyman.
— Ekta Kapur sizga ijobiy qahramonlardan birini berishi mumkin edi...
— Masalan Ishanini, demoqchimisiz?! Yo‘q, prodyuser va rejissyorlar keng qamrovli nigohga ega. Qaysi obraz kimga to‘g‘ri kelishi hamda kimga qanday shuhrat keltirishini ham biladi.
— Podium va televideniening bir-birini inkor etadigan jihatlari bormi?
— Albatta, ikkisi ham media olami bo‘lgani bilan ikki xil yo‘nalish. Men podiumda nisbatan erkinman. Lekin s’yomka jarayonida ham imkon qadar ishonchni oqlashga harakat qildim.
“Senga oshiqman” serialidagi aktyorlarning aksariyati modellar. Lekin shunga qaramay har biri berilgan obrazni maromiga yetkazib ijro etgan. Telenovellada bir qator mashhur hind filmlaridan tanish qo‘shiqlar jarang sochadi. Bu prodyuser va rejissyorlarning serial tomoshabinga yanada yaqin bo‘lishi uchun qo‘llagan “fishkasi”. Shuningdek, serial davomida mashhur dizaynerlar tomonidan taqdim etilgan liboslardan foydalanilgan. Eng ahamiyatlisi, “Senga oshiqman” teleseriali nafaqat aktyorlar uchun balki rejissyor va prodyuserlar uchun ham shuhrat keltirdi. Ayni paytda ham ushbu guruh ijodkorlari serial bilan “ovora”.

 
Interent materiallari asosida Sevdo tayyorladi


Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 38548 | Комментарии: 13 | Рейтинг: 5| Рейтинг: Senga Oshiqman haqida, Senga Oshiqman
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 13
berdaq Zor gap yoq.shu filimnin davomini berarmekan
Like | 0
Nigow771 malumotlar uchun rahmat manga radhika madan rasa yoqadi rolni mahorat bn ijro etgan
Like | 0
kokcha_city Disha Ishanidan kotta. tori yozilgan.
Like | 0
aqidaxasanova1977 admin iltimos divash hamda parul haqida malumot berin man diskini kõrudim divashni tõyi bõlarkan parulgamas boshqa bir qizga iltimis õsha qiz haqidaham yozila! taronaga omad hamisha yor bõlsin!
Like | 0
guli7077 Böliwi mumkunmas diwa iwanidan köttamas macha 1998 db yozwwi önniga 1992 böb ketgan bösa kere manmcha adawiwgan ln malumitla un rahmaaaaatty!!! Yana yengilarini kutb qolaman
Like | 0
nodirbekturakulov Diwa 1998 yilku
Like | 0
Marufsport Davomi qani ????
Like | 0
farisht@ Raxmat kottakon admin
Like | 0
2336278 Umuman g'alati xolat. Kinoda opa singil xayotda 3yow farq
Like | 0
omina1710 Ishani hayotda yoshiga nisbatan katta ko'rinadi ekan dishani yonida albatta, raxmat malumot u.n
Like | 0
Firdavs666 Uzr. men
Tushunmay qoldim. bu maqolani. men boshqa saytda uqigan. edi ular. sizlardan kuchirganmi. eki. Silar. Ulardan?????
Like | 0
NaTaLi Oxxoo bu Disha Ishanidanam kotta ekanuu aa ch
Like | 0
NaTaLi Oxxoo bu Disha Ishanidanam kotta ekanuu aa ch
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное