Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman seriali 86-qism (Voqealar Rivoji 4.08.2015) RV ni tunashdi

Assalomu alaykum hurmatli foydalanuvchilar, bizga Senga Oshiqman seriali bo'yicha tinimsiz savollar bilan murojat qilishmoqda! Azizlar tez kunlarda barcha savollaringiz uchun tegishli javob maqolamiz taqdim etiladi!
Hozircha esa shuni aniq aytishim mumkinki, serialning navbatdagi qismlari juda ham qiziqarli tus oladi...


Bundan avvalgi 85-qism voqealar rivojini o'qish (manba)

86-QISM


Yana o'sha nigoxlar, Ranvir bu ko'zlar oldida ojiz edi. U sevishini sezdirib qo'yardi... (biz sevgan kuy...)
Ishani: Siz men bilan gaplashishni xoxlamagandiz-a? unda nega meni qutqarib qoldingiz? Nega o'lishimga yo'l qo'ymadiz? O'lsam siz hammasidan qutilardingiz-ku? Agar siz meni ortiq sevmasangiz, unda nega men uchun qayg'urasiz? Agar sevsangiz nega buni aytmaysiz? Chirak sizga o'rtamizda hech narsa bo'lganini aytdi, Siz esa hali ham menga ishonmaysizmi? Ranvir siz nimani xoxlayapsiz?
 
Ranvir: Sen nimani eshitishni xoxlaysan? Men senga ishonishimnimi? Yoki Chirakga ishonishimnimi? U yolg'onchi, qallob inson. Kechagina u seni sevgilim deyotgandi, bugun esa u seni singlim deyapti. Sen esa men bu insonga ishonishimni xoxlayapsanmi?
Ishani: Siz unga shunchalar ishonmas ekansiz, unda nega uni Karvochot kechasidagi yolg'onlariga ishondingiz?  Uni bizning munosabatimizni buzishiga qanday yo'l qo'ydingiz?
Ranvir: U emas, sen bizning munosabatlarimizni buzding, u bizni uyga kelgani yo'q, sen uning uyiga bording.  tarona.net ma'lumoti Menga Chirak qilayotgan ishlarni va gaplarini umuman qizig'i yo'q, Ammo sen qilayotgan ishlaring va so'zlaring men uchun axamiyatga ega. Ayt menga, unda unga kim aytdi bizni oramizda to'ydan so'ng hech qanday aloqa bo'lmadi, deb. Sen aytmasang u buni qayerdan biladi?
Men bu hayotimda hammasini yo'qotdim. Faqat sevgimni emas, do'stimni ham yo'qotdim... Mening hayotim mazmuni bo'lgan do'st...
Sen to'ydan keyin, na do'stligimizga, na nikoximizga sodiq qola olding...
Oldin barcha aytgan gapni bugun men senga aytmoqchiman: EEEEX qaniydi sen janobning xaqiqiy qizlari bo'lganingda, edi...
bu gaplarni aytgandan so'ng Ranvir mashinasiga o'tirib u yerdan ketadi...
***
Divash Sharmanga Chirak uyga kelib hamasini tan olganini va ularni Samira, Parul bilan birga mexmonxonadan ketishlari mumkinligi aytadi. Sharman bu xabardan xursand bo'lib ketadi va yangilikni Ritikaga aytish uchun qo'ng'iroq qiladi, Ritika esa qo'ng'iroqga javob berib, hozir shaxarda emasligini otasi bilan birga ketayotgani aytadi. Sharman unga Ranvir hamda Ishani haqida aytadi. Ritika xursandman, habarlashamiz deb go'shakni qo'yadi, aslida esa Ritika aynan shu mexmonxonada yana qo'shni xonada RV bilan birga o'tirgan edi. Qiziq nega u buni yashirdi??? Ranvir hamda Ritika xonadan chiqib ketayotganda ularni Sharman ko'rib qoladi... Ranvir Ritikani mashinasiga o'tqazib, kuzatib yuboradi...
***
Manas Dishaga ish bilan keyatoganini, muxim hujjatlar, hamda guvoxnoma va kalitlarini javonda qoldirganini ularni extiyot qilishini aytadi. Disha hop, deb Manasni kulib kuzatadi, aslida esa u bu kalitlar bilan RVning ofisiga borib, seyfdan olmoslarni olishni reja qilgan edi...
 
***
Ishani Ranvirni gaplaridan siqilib, kechgacha ko'chada tentirib yeg'laydi, shunda yo'lda suxbatlashib o'tirgan bir gurux ayollarga ko'zi tushadi, ularni bari erlaridan shikoyat qilishayotgan edi. Ayyolar orasida Ishani uyida ishlovchi xizmati ayol ham bor edi. Ishani ham ularni suxbatiga qo'shiladi va ularga o'zi hamda turmush o'rto'gi haqida so'zlab beradi, erimni menga bo'lgan ishonchi so'ndi, uni qanday qayta qozonishni bilolmayapman, deydi...
Shunda bir ayol, men doyim erim bilan kelishomasam shuni ichaman, keyin quvonaman, so'ng hammasi iziga tushadi, deydi, Ishani uni olib ichadi, xizmatkor ayol uni ichmang, bu siz uchun emas, bu Xindiston spirtli ichimligi, deydi. Ishani uni baribir ichadi.
 
Ranvir hamda Ritika ofisda tortishishadi. Ritika Ranvirga: Nega haqiqatni tan olgingiz kelmaydi, ahr ko'zlaringizdan Ishanini sevishingiz ko'rinib turibdiku,  men endi buni Ishani ko'zlarida ham ko'ryapman, nega undan haqiqatni yashiryapsiz, eydi.
Ranvir esa: Ritika iltimos meni tinch qo'y, meni yolg'iz qoldir. Ketayotganingda hama ayt, meni hech kim bezovta qilmasin, hamma ketsin, deb aytadi.
Ritika jaxl bilan chiqib ketadi.
Chirak Ishani va uning akalari tomonidan aldanganini, ular tomosha uyishtirishganini bilib, boy xotinga uylanish bekor qilinadi, so'ng u Shanelani akasi bilan yaxshi bo'lib oladi, u bilan birga Ranvirni yo'q qilish rejasini tuzishadi.
***
Ishani mast xolda Ranvirni ofisiga keladi, Ranvir eshikni oching, gaplashib olishimiz kerak, deydi. RV eshikni ochmaydi. Ishani Samirada qo'chimcha kalit bo'lishi kerak deb uni qidiradi va topadi, eshikni ochib kiradi.
Ishani: Ranvir men siz bilan gaplashib olishim kerak. Menga ayting bilaman, men xato qildim. Ishonchingizni qozonish uchun nima qilishim kerak ayting. tarona.net ma'lumoti Men javob berishingizni talab qilaman janob Vagxela. Axr men sizning xotingizman, buni bilishga haqqim bor. Menga javob bermagunizcha hech qayergaketmayman, bugun faqat men bilan gaplashasiz deb RV telifonini ham xondan tashqariga otib yuboradi.
Eng qiziq joyi, aynan shu oqshom Chirak RV ning ofisiga o'g'rilikga tushishni reja qilgan edi. Ritakining buyrig'iga ko'ra soqchilar ham ofisdan ketishadi. Chirak uchun ajoyib imkoniyat u ketayotgan qorovuldan kalitini olib qo'yadi va bu bilan Ranvirning ofisiga, seyf joylashgan xonasiga kiradi.
 
Ishani esa, Ranvirdan savoliga javob so'rardi, bu orada uni kuchli yo'tal tura boshlaydi. Nafas olishga ham qiynaladi.
 
Chirak seyfni ochishga harakat qiladi, ammo hech bir kalit to'g'ri kelmaydi, shu payt Manasni kalitlarini ko'targancha xonaga Disha kirib keladi, Chirak yashirinadi, Disha borib seyfni ochadi va u yerdan asl olmoslarni olib, o'rniga soxtasini qo'yib qo'yadi. Endi Ranvir soxta olmos savdosi bilan shug'illangani uchun xibisga olinadi, deb xursand bo'ladi. Chirak esa bu vaziyatdan unumli foydalanib Dishani suratga oladi....
Disha Chirakni ko'rib qo'rqib ketadi...

 
 
UMIDJON tayyorladi

Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...


Manba:tarona.net
Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 62646 | Комментарии: 86 | Рейтинг: 3| Рейтинг: Senga Oshiqman, Senga Oshiqman seriali, Senga Oshiqman haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 861 2 3 4 5 »
@AAA@ Nimaga mani izoxlarim chiqmayapti. 1 haftadan oshdiku.
Like | 0
JN bugun 6 sana 88 iqsm rivojini yozmaysilarmi?
Like | 0
Muhabbat-isha NImaga 85-qism saytga joylanmagan
Like | 0
Dyumovuchka Assalomu alekum ne dovomini yozmayapsila? Man bu kinoni ko'rmiman faqat siladan o'qivotudim, kino ko'rib o'tirishga voxtim Yo'q. Dovomini yozila. Please....
Like | 0
gulican Rostan ham diskni kurmenglar kursalaring kinoni kurgilez kemiy qoladi
Like | 0
89068002576 Admin Nima sayt ta'tildami? Tushinmayapman
Like | 0
Jandro menimcha zerikarli serial :-D
Like | 0
mansurbek_92 Qolgan videolarini qachon taqdim etasizlar. Men qoldirmqy ko'rib boryapman. Oldindan javob uchun raxmat!!!
Like | 0
Coco♡ Nmaga seerial rivojini yozmayapsila adminlaa
Like | 0
salomjon123 salom admin nega bu haftalik bulgan va buladigan voqealarni qoshmadiz?
Like | 0
Damooo Ruschasi tugadimi
Like | 0
Dilafruz353 Voqealar rivojini yozila
Like | 0
mohishkam Voqeala rivojini yozilaaaaaaaa. Bomasa qiziqanimsan uxlomi ciqvoman
Like | 0
ziyoev 87 qidm nima buladi tezroq yozing admin
Like | 0
nilufar0501 Admin kengi qismi yozin iltimos
Like | 0
Zulfiya98 Nme yengi qismla haqida malumot berlmyapti?
Like | 0
Muhayyo94 Dovomini yozmesizlami
Like | 0
2336278 Umid aka. Yowlar kanali 1faslini qöyarkan xolos. Wu rostmi. Javob un tawakkur oldindan
Like | 0
nilufar0501 Salom admin seriali bugungi qismni yozin iltimos
Like | 0
aqidaxasanova1977 nega 87 qismni yozmapsla iltimos admin yozla
Like | 0
1-20 21-40 41-60 61-80 81-84
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное