Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

СЕНСАЦИЯ: ГУГУША ТЎЙДА КУЙЛАДИ!

Poytaxtimizdagi " Versal " koshonasida aktyor Yigitali va xonanda Rayhonlarning nikox to`ylari bo`lib o`tdi. Kiraverishda xuddi taqdimot marosimlaridagi kabi maxsus mexmonlar uchun qizil yo`lakcha to`shalgan va kirib kelgan mehmonlarni o`z o`rinlarini egallashlariga ko`maklargani Promodel agentligi qizlari milliy libosda kutib olishardi.
Mehmonlar ro`yhati : Gulnora Karimova ( Googoosha ), Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, Munisa Rizaeva, So`g`diyona (Оксана Владимировна Нечитайло), Lola, Shaxnoz, Shaxriyor, Sevara Nazarhon, Rashid Xoliqov, Jahongir Foziljonov, Ulug`bek Rahmatullaey, Sardor Rahimxon, Mavluda Asalxo`jaeva, Nilufar Usmonova, Shoxruxxon, Samandar Hamroqulov, Ulug     bek Qodirov, Adiz Rajabov,        Halima, Shukurillo Isroilov, Davron Kabulov va juda ko`plab o`zbek san`ati osmonining porloq yulduzlari.
Eng avvalo, Yigitali va Rayhonning kirib kelishidan oldin ekranda video rolik qo`yildi va mehmonlar olqishlari sadosi ostida yosh kelin-kuyov kirib kelishdi va ertak boshlandi. Ha, bejizga bunday deyotganim yo`q haqiqatdan ham mehmonlar o`zini xuddi ertakka tushib qolgandek his qilishdi. Insonlar qanday bo`lishsa, ularning ham to`ylari xuddi shunday bo`lar ekan. Yigitali va Rayhon uzukka ko`z qo`ygandek bir biriga yarashdi. Ostonadan kirib kelar ekan,  Rayhon milliy urf odatlarimizga xos kelin salom bilan hammaga quvonch ulashdi!

Davrani o`zbek san`ati tirik afsonasi Farrux Zokirov ochib berar ekan, Ikki yoshga baxt tilab, Rayhonga o'z qizidek kuyinib uni barcha sevishini va hurmat qilishini ta`kidlab o`zining shlyager qo`shiqlaridan taqdim etdi.
Sanatkorlarning kelishi davom etarkan ularni oxiri ko`rinmadi. Eng unutilmas mehmon albatta barchamizga birdek sevimli shaxs - Gulnora Karimova bo`ldi. Gulnora tashrif buyuriboq, ikki yoshni bir dasta oq atirgullar bilan tabriklab, ularga iliq tilaklarini bildir ekan shunday dedi: "Sizlarning birgalikdagi kliplaring bor, birgalikdagi sevgilaring bor, mana birgalikdagi nikox to`ylaringiz ham bo`lmoqda, endi birgalikdagi farzandlaring bo`lishini yaratgandan so`rayman!". Ushbu samimiy va eng muhumi chin dildan aytilgan so`zlardan keyin Ilk bor to`yda GooGoosha Rashid Xoliqov bilan birgalikda duet kuyladi. Musiqiy tuhfadan so`ng Gulnora ikki yoshga yaqinda Fransiyadan keltirilgan Guli brendi iforlarinining ilk nusxalarini tuhfa qildi.
Sevishgan ikki yosh o`zlarining birgalikdagi visol valsini ijro etar ekan, ushbu vals orqali "Biz quvonchli va qayg`uli kunlarimizda xam birga bo`lamiz, bizni ayirmoqchi bo`lishsa ham biz aslo ayro yasholmaymiz! " deyayotgandek  edi go`yo.
Davra qizigandan qizib borar, mehmonlarning ham quvonchining cheki yo`q edi. Navbat "Gul otish " marosimiga yetib kelganida, sahnaga barcha "boshi ochiq” qizlar yig`ilishib gulni ilib olish ilinjida tizilishdi. O`z xayajonini yashir olmagan Gulnora ham qizlar orasidan joy egalladi! Birinchi urunishda Rayhonda xayajon ustunlik qildi…Gul pastga tushay deganda singlisi Nasiba ilib oldi! Ikkinchi urunishda Rayhon bor kuchini ishga soldi chog`i gul qizlar ustidan uchib o`tib,buni qarangki, orqada kuzatib turgan Rayhonning tog`asining qo`liga borib tushdi. O`z quvonchini yashira olmagan tog`a gulni zalda qo`lida muallaq ko`targan holda gir aylantirib Rayhonga qayta topshirdi. Uchinchi urunishda Rayhon gulni uloqtirar ekan, taqdirning hazilimi yoki tuhfasi, gul bu gal ham Rayhonning singlisi Nasibaning qo`liga kelib tushdi.
Xuddi ertaklardagi kabi qirq kechayu,qirq kunduzga tatigulik to`y bo`lgan ushbu nikoh kechasi o`z nihoyasiga yetd. Ularning baxti va sevgisi abadiy bo`lishini Yaratgandan so`rab qolamiz!



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8676 | Рейтинг: 1| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное